Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon tavalludining 100 yilligini nishonlash toʻgʻrisida (100-son)
21.02.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Atoqli oʻzbek yozuvchisi va jamoat arbobi Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlponning Oʻzbekiston madaniyati va adabiyoti taraqqiyotiga qoʻshgan beqiyos hissasi va kelajak avlodlarga oʻrnak boʻluvchi fuqarolik jasoratini inobatga olib hamda uning adabiy merosini xalqimizga toʻla yetkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi va Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazining Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon tavalludining 100 yilligini 1997-yilda mamlakatimizda keng miqyosda nishonlash haqidagi taklifi qabul qilinsin.
Ushbu sanaga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika tashkiliy qoʻmitasi ilovaga muvofiq tuzilsin.
Tashkiliy qoʻmita tegishli vazirliklar, hokimliklar, idoralar va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda bir oy muddatda oʻz tadbirlarini ishlab chiqsin va uni amalga oshirishga kirishsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga:
adibning 100 yilligi munosabati bilan “Sharq xalqlarining milliy uygʻonishi va Choʻlpon ijodi” mavzuida simpozium oʻtkazish;
1997 — 2000-yillar davomida adibning “Toʻla asarlar toʻplami”ni tayyorlash va chop etish topshirilsin.
3. Andijon viloyati hokimligi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi bilan birgalikda 1997-yil noyabr oyida Andijon shahrida Abdulhamid Choʻlponning yubiley kechasini tayyorlasin va oʻtkazsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligiga Abdulhamid Choʻlpon asarlari asosida teatr spektakllari va adib haqida adabiy-badiiy kompozitsiya yaratish vazifasi yuklatilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi Abdulhamid Choʻlponning asarlarini, u haqidagi xotiralar toʻplami, risolalar va plakatlarni yubileyga nashr etishni rejalashtirsin.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Abdulhamid Choʻlpon yubileyini keng nishonlash yuzasidan tadbirlar ishlab chiqib, amalga oshirsinlar.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi va Andijon viloyati hokimligiga tegishli idoralar va ijodiy uyushmalar bilan birgalikda mahalliy budjet va homiylik mablagʻlari hisobidan Andijon shahrida Abdulhamid Choʻlpon bogʻini yaratish, u yerda adibga yodgorlik oʻrnatish hamda adib yashagan hovlida uning uy-muzeyini tashkil etish topshirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Markaziy bank huzuridagi Maxsus ishlab chiqarish korxonasi va “Sharq” konserni bilan birgalikda Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon siymosi aks ettirilgan pochta markalari, konvertlar va otkritkalar chiqarsin.
9. “Oʻzbekkino” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-iyuldagi 247-son qaroriga muvofiq filmlar yaratish uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobidan Abdulhamid Choʻlpon hayoti va ijodi haqida hujjatli film yaratsin.
10. “Oʻzteleradio” kompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Abdulhamid Choʻlponning oʻzbek xalqi madaniyati rivojiga qoʻshgan hissasi ahamiyatini keng yoritish, uning hayoti va faoliyati haqida turkum koʻrsatuvlar tayyorlash hamda adib asarlari asosida tele- va videofilmlar yaratish topshirilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Abdulhamid Choʻlpon yubileyini oʻtkazish xarajatlarini respublika budjetidan qoplasin.
12. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 21-fevral,
100-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 21-fevraldagi 100-son qaroriga ILOVA
Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon tavalludining 100 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish respublika tashkiliy qoʻmitasining
TARKIBI
