“OʻzKeysMash” Oʻzbekiston-Amerika qoʻshma korxonasini tashkil etish toʻgʻrisida (75-son)
11.02.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
[Koʻchirma]
Qishloq xoʻjaligini zamonaviy qishloq xoʻjalik texnikasi, shu jumladan paxta terish mashinalari, don xederlari bilan taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan “Keys Korporeyshn” kompaniyasi (AQSH) oʻrtasidagi Bitimni amalda roʻyobga chiqarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi va “Toshqish-loqmash” aksiyadorlik jamiyatining Amerikaning “Keys Ekvipment Xoldinge Limited” (AQSH) firmasi bilan birgalikda ikki qatorli gorizontal shpindelli “Keys-2022 Kotton Ekspress” paxta terish kombayni va “Keys-1010” don xederi ishlab chiqaruvchi ustav jamgʻarmasi 1-ilovaga muvofiq 15 mln. AQSH dollari miqdorida boʻlgan “OʻzKeysmash” qoʻshma korxonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
“Toshqishloqmash” aksionerlik jamiyati “OʻzKeysmash” qoʻshma korxonasi mahsulotlarini respublikada ishlab chiqarish va ishlab chiqarishni boshlab yuborish uchun ishlab chiqarish va texnologiya imkoniyatlari barpo etish maqsadida 1,5 mln. AQSH dollariga asbob-uskunalar sotib olishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi:
“Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi bilan birgalikda “OʻzKeysmash” qoʻshma korxonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi ulushi sifatida qoʻshma korxona ustav jamgʻarmasiga binolar va boshqa mol-mulk berilishini ikki hafta muddatda rasmiylashtirsin;
bir oy muddatda “OʻzKeysmash” qoʻshma korxonasini belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazsin;
“Keys Korporeyshn” kompaniyasining paxta terish kombaynlari va don xederlarini respublikada ishlab chiqarish dasturini, shuningdek respublikada ishlab chiqarishning ishlab chiqarish va texnologik imkoniyatlarini barpo etish maqsadida “Toshqishloqmash” aksionerlik jamiyatini texnika bilan jihozlash dasturini ikki oy muddatda ishlab chiqsin hamda ularni mablagʻ bilan taʼminlashga oid takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
3. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi “OʻzKeysmash” qoʻshma korxonasini Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritsin.
4. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi mashina-traktor parklarini 2-ilovaga muvofiq “OʻzKeysmash” qoʻshma korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan paxta terish mashinalari va xederlar bilan butlasin.
7. “OʻzKeysmash” qoʻshma korxonasi korxona ustav jamgʻarmasiga ulush hisoblangan hamda ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan chetdan keltiriladigan moddiy-texnika resurslariga, asbob-uskunalar, transport vositalariga Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalda boʻlgan soliqlarning barcha turlaridan, boj poshlinalari va aksizlardan mahsulot ishlab chiqarish boshlangan paytdan boshlab 5 yilga ozod qilinsin.
8. “OʻzKeysmash” qoʻshma korxonasi loyihasi boʻyicha ishlash uchun kelayotgan chet ellik mutaxassislarga vizalarni rasmiylashtirish yoki uzaytirish, yashash hamda respublika hududida transportning barcha turlarida yurganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar boʻyicha haq toʻlash huquqi berilsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 11-fevral,
75-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-fevraldagi 75-son qaroriga 1-ILOVA
“OʻzKeysmash” qoʻshma korxonasi ustav jamgʻarmasining
TUZILISHI
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-fevraldagi 75-son qaroriga 2-ILOVA
“OʻzKeysmash” qoʻshma korxonasi tomonidan paxta terish mashinalari va xederlar
ishlab chiqarish
