Jeneva shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti boʻlimi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzurida Oʻzbekiston Respublikasining doimiy vakolatxonasini ochish toʻgʻrisida (2-son)
06.01.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Hamkorlikni kengaytirish va uning yangi sohalarini aniqlash, shuningdek, vazirliklar va idoralarning Jeneva shahrida joylashgan xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro aloqalarini faollashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Jeneva shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti boʻlimi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzurida Oʻzbekiston Respublikasining Doimiy vakolatxonasi taʼsis etilsin.
2. Jeneva shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti boʻlimi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi Doimiy vakolatxonasining shtat jadvali va 1997-yil uchun xarajatlar smetasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Jeneva shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti boʻlimi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining Doimiy vakolatxonasi xodimlari soni 1997-yil uchun 5 kishidan iborat qilib belgilansin, ulardan diplomatik tarkib xodimlari — 4 kishi, maʼmuriy-texnik xodimlar — 1 kishi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xodimlarning butlanishiga qarab xarajatlar smetasiga muvofiq 1997-yil uchun zarur mablagʻlar ajratsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda shtat jadvaliga muvofiq Jeneva shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti boʻlimi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi Doimiy vakolatxonasining diplomatik xodimlari tarkibini butlash uchun nomzodlar yuzasidan takliflar kiritsin.
4. Jeneva shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti boʻlimi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining Doimiy vakili maishiy, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi vaziriga tenglashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 6-yanvar,
2-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-yanvardagi 2-son qaroriga 2-ILOVA
Jeneva shahridagi BMT boʻlimi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi Doimiy vakolatxonasining 1997-yil uchun xarajatlar
SMETASI
