Budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa, fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha imtiyozlar oʻrniga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan oylik kompensatsiya pul toʻlovlari hamda bola tugʻilganida beriladigan bir yoʻla nafaqani toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (2080-son)
23.02.2010
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 23-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2080]
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa, fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha imtiyozlar oʻrniga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan oylik kompensatsiya pul toʻlovlari hamda bola tugʻilganida beriladigan bir yoʻla nafaqani toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R.S. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 5-fevral,
10-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010-yil 5-fevraldagi 10-son buyrugʻiga ILOVA
Budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa, fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha imtiyozlar oʻrniga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan oylik kompensatsiya pul toʻlovlari hamda bola tugʻilganida beriladigan bir yoʻla nafaqani toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida
nizom
Mazkur Nizom budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa, fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha imtiyozlar oʻrniga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan oylik kompensatsiya pul toʻlovlari hamda bola tugʻilganida beriladigan bir yoʻla nafaqani toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq:
fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha imtiyozlar oʻrniga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan oylik kompensatsiya pul toʻlovlari hamda bola tugʻilganida beriladigan bir yoʻla nafaqa toʻlash boʻyicha xarajatlar 2010-yilning 1-yanvaridan boshlab Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan;
budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqani toʻlash boʻyicha xarajatlar tegishli budjetlar mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Bunda:
a) fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha imtiyozlar oʻrniga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan oylik kompensatsiya pul toʻlovlari boʻyicha xarajatlar:
respublika budjeti hisobidan pensiya oluvchilarga — pensiya tayinlangan tashkilot orqali;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (bundan buyon matnda Jamgʻarma deb yuritiladi) hisobidan pensiya oluvchilarga — Pensiya jamgʻarmasi orqali;
nafaqa oluvchilarga — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi orqali;
pensiya yoki nafaqa olmaydigan uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlarini olish huquqiga ega boʻlgan shaxslarga — Pensiya jamgʻarmasi orqali;
b) bola tugʻilganida beriladigan bir yoʻla nafaqa toʻlash boʻyicha xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi orqali;
v) budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqani toʻlash boʻyicha xarajatlar ushbu budjet tashkilotlari orqali amalga oshiriladi.
2. 2009-yilning 31-dekabriga qadar (shu kuni ham) qonunchilikka muvofiq hisoblangan, ammo toʻlanmagan budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa, fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha imtiyozlar oʻrniga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan oylik kompensatsiya pul toʻlovlari hamda bola tugʻilganida beriladigan bir yoʻla nafaqa oʻrnatilgan tartibga muvofiq Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan toʻlanishi shart.
3. Budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa, fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha imtiyozlar oʻrniga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan oylik kompensatsiya pul toʻlovlari hamda bola tugʻilganida beriladigan bir yoʻla nafaqani tayinlash va toʻlash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
4. Fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha imtiyozlar oʻrniga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan oylik kompensatsiya pul toʻlovlari hamda bola tugʻilganida beriladigan bir yoʻla nafaqani toʻlashga ajratilgan budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini taʼminlash maqsadida tegishli tashkilotlar “UzASBO” dasturiy majmuasi orqali belgilangan tartibda xarajatlar smetasini taqdim etadi.
5. Budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa, fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha imtiyozlar oʻrniga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan oylik kompensatsiya pul toʻlovlari hamda bola tugʻilganida beriladigan bir yoʻla nafaqani toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish uchun budjet mablagʻlari har yilgi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
II. Budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqani moliyalashtirish tartibi
7. Budjet tashkilotlari har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar tegishli iqtisodiyot va moliya organlariga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq elektron shaklda budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqani toʻlash uchun budjetdan talab qilinadigan mablagʻlarni aniqlashga buyurtmanomani (bundan buyon matnda buyurtmanoma deb yuritiladi) “UzASBO” dasturiy majmuasi orqali taqdim etadi.
8. Buyurtmanoma budjet tashkilotlari tomonidan:
tuman (shahar) budjetida turuvchilar — tegishli tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimlariga;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar budjeti va Toshkent shahar budjetida turuvchilar — tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya boshqarmalariga;
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetida turuvchilar — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining sohalarni moliyalashtiruvchi tegishli tarkibiy boʻlinmalariga taqdim qilinadi.
Bunda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan, Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetida turuvchi budjet tashkilotlari buyurtmanomalarni budjet mablagʻlarini bosh taqsimlovchi orqali taqdim qiladilar.
9. Budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqalarni toʻlashga xarajatlar:
a) birinchi navbatda budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlar tasnifining tegishli moddalari boʻyicha ish haqi hamda unga tenglashtirilgan toʻlovlarga koʻzda tutilgan va moliya yilining yakunlangan oy boʻyicha boʻshab qolgan budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Bunda:
budjet tashkilotlari mustaqil ravishda xarajatlar smetasiga ish haqi hamda unga tenglashtirilgan toʻlovlar xarajatlari boʻyicha mablagʻlarni kamaytirish va tegishlicha ushbu budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa xarajatlari uchun mablagʻlarni koʻpaytirish yoʻli bilan kiritiladigan oʻzgartirishlarni “UzASBO” dasturiy majmuasi orqali amalga oshiradi;
tegishli iqtisodiyot va moliya organlari kerakli hisob-kitoblar asosida tegishli mahalliy budjetlarda ortiqcha rejalashtirilganligi aniqlangan mablagʻlar, shtat birliklari toʻldirilmaganligi, shuningdek, tarmoq, shtatlar va kontingentlar boʻyicha reja bajarilmaganligi natijasida boʻshab qoladigan mablagʻlar hisobiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi va mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa xarajatlari uchun mablagʻlarni koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlik kiritish huquqiga egadirlar;
b) ish haqi xarajatlari boʻyicha boʻshab qolgan budjet mablagʻlari mavjud boʻlmagan yoki budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqani toʻliq taʼminlash uchun yetarli boʻlmagan hollarda, budjet mablagʻlari qoʻshimcha ravishda mazkur Nizomda belgilangan tartibda budjetdan ajratiladi.
10. Budjet tashkilotlaridan “UzASBO” dasturiy majmuasi orqali olingan buyurtmanomalar asosida tegishli iqtisodiyot va moliya organlari jamlangan buyurtmanomalarni mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha tuzadi va hisobot oyidan keyingi oyning 12-sanasiga qadar yuqori turuvchi iqtisodiyot va moliya organiga taqdim qiladi.
11. Yuqori turuvchi iqtisodiyot va moliya organlari budjet tashkilotlari va quyi turuvchi iqtisodiyot va moliya organlaridan olingan buyurtmanomalarni tekshiradilar va tekshirish natijalari boʻyicha hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar jamlangan buyurtmanomalarni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim qilish uchun tayyorlaydilar.
12. Iqtisodiyot va moliya organlariga belgilangan muddatdan kechikib taqdim qilingan buyurtmanomalar iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan hisobot oyi buyurtmanomasiga qoʻshilmaydi, balki keyingi oyning buyurtmanomasiga qoʻshiladi.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisobot oyidan keyingi oyning 20-sanasiga qadar olingan buyurtmanomalar asosida “DMBAT-2” dasturiy majmuasida jamlashni amalga oshiradi va qonunchilikda belgilangan tartibda uch kun muddat ichida:
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti xarajatlar yoyilmasiga;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va mahalliy budjetlarning xarajatlar parametriga tegishli oʻzgartirishlarni kiritadi.
14. Budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa toʻlanishini buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettirish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
III. Fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha imtiyozlar oʻrniga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan oylik kompensatsiya pul toʻlovlari hamda bola tugʻilganida beriladigan bir yoʻla nafaqani moliyalashtirish tartibi
15. Har oy, hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasidan kechikmagan holda Jamgʻarma fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha imtiyozlar oʻrniga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan oylik kompensatsiya pul toʻlovlarini toʻlash uchun talab qilinadigan mablagʻlarni aniqlaydi.
16. Bola tugʻilganida beriladigan bir yoʻla nafaqalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga tegishli moliya yili uchun budjet parametrlarida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida belgilangan tartibda moliyalashtiriladi.
18. Gʻazna hisobvaragʻiga mablagʻlar oʻtkazib berilgandan keyin Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi boʻlinmalarida ochilgan har bir shaxsiy hisobvaraqlar kesimida yuqorida koʻrsatilgan xarajatlarni toʻlash uchun xarajatlarning yoyilmasi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasiga beriladi.
20. Agar yil mobaynida yuqorida koʻrsatilgan toʻlov va nafaqa oluvchilar miqdorining oʻzgarishi xarajatlar smetasida koʻzda tutilgan xarajatlarning oshishiga (kamayishiga) olib kelsa, tegishli tashkilotlar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga nafaqalarni toʻlash boʻyicha xarajatlar smetasiga oʻzgartirish kiritish uchun oluvchilarning oʻzgargan miqdoriga zarur boʻlgan mablagʻlarning asoslangan hisob-kitoblarini taqdim qiladi.
V. Nazorat va javobgarlik
24. Budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa, fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha imtiyozlar oʻrniga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan oylik kompensatsiya pul toʻlovlari hamda bola tugʻilganida beriladigan bir yoʻla nafaqani toʻlashga ajratilgan budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
25. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
26. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi ijrochi direktori v.b. Sh. MANSUROV
2010-yil 5-fevral
Budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa, fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha imtiyozlar oʻrniga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan oylik kompensatsiya pul toʻlovlari hamda bola tugʻilganida beriladigan bir yoʻla nafaqani toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida nizomga 2-ILOVA
Budjet tashkilotining shtampi _______________________________ gaTegishli iqtisodiyot va moliya organining shtampi yoki belgisi(iqtisodiyot va moliya organining nomi)__________________________boʻyicha(tashkilotining toʻliq nomi)Boʻlim_______________ Bob_________________ Paragraf____________ Olindi ________________________(buyurtmanoma olgan iqtisodiyot va moliya organi xodimining imzosi) Ishlovchilarning roʻyxat boʻyicha oʻrtacha soni, ________________________________Shu jumladan, ayollar:________________________________
20__ yil _____________ uchun budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqani toʻlashga budjetdan talab qilinadigan mablagʻlarni aniqlashga BUYURTMANOMA T/rKoʻrsatkichlarHomiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqani oluvchilar soniHaqiqiy xarajatlar, soʻmda 12341.Homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa — hammasi shu jumladan:1.1budjet tashkilotining xarajatlar smetasi boʻyicha tejab qolingan mablagʻlar hisobidan qoplanadigan qismi x1.2qoʻshimcha talab qilinadigan (yetmaydigan) budjet mablagʻlarixTashkilot rahbari________________(imzo)M.Oʻ.Bosh hisobchi________________(imzo)Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha komissiyaraisi (vakil qilingan)________________(imzo)
ORQA TOMONI Budjet mablagʻlaridan budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqani olish uchun budjet tashkiloti xodimlarining R E E S T R I 20__ yil ____________ uchun T/rF.I.Sh.Shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻi raqami*Hujjatning nomi**Hujjatning seriyasi va raqamiHujjat berilgan sanaKim tomonidan berilganVaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik davriVaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik kunlariNafaqani hisoblash uchun oʻrtacha oylik ish haqi (soʻmda)Toʻlov summasi (soʻmda)1234567891011Tashkilot rahbari________________________M.Oʻ.(imzo)Bosh hisobchi____________________________(imzo)Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha komissiya raisi (vakil qilingan) ___________________________(imzo)
Izoh: * Shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻi raqamini koʻrsatish majburiy hisoblanadi.
** Hujjat nomi (mehnatga layoqatsizlik varaqasi).
Budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa, fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha imtiyozlar oʻrniga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan oylik kompensatsiya pul toʻlovlari hamda bola tugʻilganida beriladigan bir yoʻla nafaqani toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida nizomga 3-ILOVA
20__ yil _____________ uchun _________________________ viloyat, tuman (shahar) budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqani toʻlash uchun mablagʻlarni aniqlashga yuqori turuvchi iqtisodiyot va moliya organiga Jamlanma buyurtmanoma*T/rBoʻlimBobParagrafHomiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqani oluvchilar miqdoriHaqiqiy xarajatlar, soʻmda Shu jumladanbudjet tashkilotining xarajatlar smetasi boʻyicha tejab qolingan mablagʻlar hisobidan qoplanadigan qismiqoʻshimcha talab qilinadigan (yetmaydigan) budjet mablagʻlari1234567812…Jami Iqtisodiyot va moliya organi rahbari __________________(imzo)M.Oʻ.Iqtisodiyot va moliya organining budjet boʻlimi boshligʻi __________________(imzo)Jamlanma buyurtmanomani tuzuvchi masʼul xodim ________________(imzo)
* Har oy, hisobot oyidan keyingi oyning 12-sanasigacha taqdim qilinadi.
