1997-yilda Respublika qishloq xoʻjaligini mineral oʻgʻitlar bilan taʼminlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida (25-son)
14.01.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
[Koʻchirma]
Qishloq xoʻjaligini zarur miqdorda azotli, fosforli va kaliyli oʻgʻitlar bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1997-yilda mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish va ehtiyoj balansi 1 — 6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi, “Oʻzagrokimyotaʼminot” aksionerlik birlashmasining 1997-yil 20-yanvargacha “Oʻzagrokimyotaʼminot” aksionerlik birlashmasining tuman boʻlinmalari va respublika xoʻjaliklari oʻrtasida mineral oʻgʻitlar yetkazib berishga shartnomalar tuzish boʻyicha ishlarning tugallanishi toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
“Oʻzkimyosanoat” uyushmasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi ikki hafta muddatda 1997-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va respublika viloyatlari boʻyicha qishloq xoʻjaligi korxonalariga tuzilgan shartnomalarga muvofiq mineral oʻgʻitlar yetkazib berish jadvalini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
“Oʻzagrokimyotaʼminot” aksionerlik birlashmasi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasiga mineral oʻgʻitlarni jadval boʻyicha, shu jumladan temir yoʻl sostavlarining Tojikiston va Turkmaniston Respublikalari hududi orqali toʻsiqsiz oʻtkazilishi bilan bogʻliq masalalarni hal etgan holda toʻxtovsiz yetkazib berishni amalga oshirish topshirilsin
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 14-yanvar,
25-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 14-yanvardagi 25-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 1997-yilda mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish va taqsimlash
* Koʻrsatilgan miqdordan 175 ming tonnasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 25-noyabrdagi 414-son qaroriga muvofiq sotib olinadi.
** Fosforli oʻgʻitlar tarkibidagi 119,4 ming tonna azotni hisobga olib tuproqqa jami 845 ming tonna azotli oʻgʻitlar solinadi.
*** Fosforli oʻgʻitlar tarkibidagi 60 ming tonna azotni hisobga olib tuproqqa jami 713,5 ming tonna azotli oʻgʻitlar solinadi.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 14-yanvardagi 25-son qaroriga 2-ILOVA
1997-yilda ammiakli selitra ishlab chiqarish va ehtiyoj balansi
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 14-yanvardagi 25-son qaroriga 3-ILOVA
1997-yilda karbamid ishlab chiqarish va ehtiyoj balansi
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 14-yanvardagi 25-son qaroriga 4-ILOVA
1997-yilda ammoniy sulfati ishlab chiqarish va ehtiyoj balansi
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 14-yanvardagi 25-son qaroriga 5-ILOVA
1997-yilda ammofos ishlab chiqarish va ehtiyoj balansi
* Etkazib berilgan fosfor uni uchun chet ellik hamkor ulushining sotib olinishini hisobga olib.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 14-yanvardagi 25-son qaroriga 6-ILOVA
1997-yilda ammoniylashgan superfosfat ishlab chiqarish va ehtiyoj balansi
* 50 ming tonnasi Qizilqum fosfor kombinatining fosfor unidan tayyorlanadi.
** Etkazib berilgan fosfor uni uchun chet ellik hamkor ulushining sotib olinishini hisobga olib.
