2000-2005-yillarda yolgʻiz keksalarni, pensionyerlar va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida (520-son)
07.12.1999
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yolgʻiz keksalarni, pensionyerlar va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish, ularning ijtimoiy taʼminot va uy-joy-maishiy sharoitlarni yaxshilash yuzasidan ehtiyojlarni yanada toʻlaroq qondirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2000—2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida yolgʻiz keksalarni, pensionyerlar va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlansin.
2. Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
boshqaruvning barcha darajalarida tasdiqlangan Dasturni soʻzsiz bajarish boʻyicha topshiriqlarning masʼul ijrochilari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari korxonalar va tashkilotlarning kelishilgan holdagi faoliyatini nazarda tutuvchi muvofiqlashtiruvchi ish dasturlari ishlab chiqilishini taʼminlasinlar.
Dasturning bajarilishini va yolgʻiz keksalarga, pensionyerlar va nogironlarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish darajasini, uni yaxshilash yuzasidan tegishli qoʻshimcha chora-tadbirlar ishlab chiqqan holda muntazam ravishda koʻrib borsinlar. Yilning har choragi yakuni boʻyicha chorakdan keyingi oyning 10-kunigacha hisobot davrida dastur topshiriqlarining amalga oshirilishi yakunlari toʻgʻrisidagi tahliliy axborot Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har yili investitsiya dasturini va budjetni shakllantirishda ijtimoiy taʼminot tizimi obyektlarini kapital taʼmirlash va rekonstruksiya qilish, keksalar va nogironlar internet uylarini anjomlar bilan jihozlash uchun zarur kapital sarmoyalar va mablagʻlarni nazarda tutsinlar. Bunda ushbu maqsadlarga homiylar mablagʻlarini keng jalb qilish koʻzda tutilsin.
Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar va kompaniyalar, korxonalar va tashkilotlar, xayriya jamgʻarmalari Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni roʻyobga chiqarishda har tomonlama yordamlashsinlar.
4. Moddiy-texnikaviy bazani mustahkamlash uchun qoʻshimcha mablagʻlar jalb etish maqsadida keksalar va nogironlar internat uylariga, reabilitatsiya markazlariga ularning pulli xizmatlar koʻrsatishga, homiylar, investorlar mablagʻlarini, shu jumladan xorijiy homiylar va investorlar mablagʻlarini ham jalb qilgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kichik korxonalar tashkil etishiga ruxsat berilsin.
5. Muruvvat yordami respublika komissiyasi (H.Karomatov) internat uylarni va Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligining boshqa tibbiyot-ijtimoiy muassasalarini respublikaga muruvvat yordami yoʻli bilan kelayotgan dori-darmonlar ajratiladigan tashkilotlar va muassasalar roʻyxatiga kiritsin.
6. 2000—2005-yillarda yolgʻiz keksalarni, pensionyerlar va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish, shuningdek Dastur topshiriqlarining bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Umumiqtisodiyot kompleksiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Umumiqtisodiyot kompleksi Dasturning bajarilishini muntazam ravishda tahlil qilib borsin hamda uning soʻzsiz bajarilishini taxminlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar koʻrsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 7-dekabr,
520-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 7-dekabrdagi 520-son qaroriga ILOVA
2000—2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida yolgʻiz keksalarni, pensionyerlar va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar
DASTURI
2002 — 2005-yillarda yolgʻiz keksalarni, pensionyerlar va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan chora tadbirlar dasturiga 1-ILOVA
2000 — 2004-yillarda kapital taʼmirlanadigan va rekonstruksiya qilinadigan ijtimoiy taʼminot tizimi obyektlari
ROʻYXATI
Izoh: Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish (aniqlash)ni tugallash muddati — obyektni kapital taʼmirlash yoki rekonstruksiya qilish boshlanishidan 6 oy oldin
2002 — 2005-yillarda yolgʻiz keksalarni, pensionyerlar va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan chora tadbirlar dasturiga 2-ILOVA
2000—2005-yillarda yolgʻiz nogironlarni ishga joylashtirish
DASTURI
