Imom Abu Mansur Al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligini nishonlash toʻgʻrisida (517-son)
03.12.1999
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Kalom ilmining asoschilaridan biri, hadis va fiqh, olamining ravnaqiga ulkan hissa qoʻshgan yirik alloma, buyuk vatandoshimiz Abu Mansur al-Moturidiy ilmiy-diniy merosining xalqimiz maʼnaviy-ruhiy hayotidagi beqiyos oʻrni va mamlakatimiz keng jamoatchiligi takliflarini hisobga olib hamda ushbu merosni avaylab asrash, qadrlash va jamiyatning barkamol kishilarini tarbiyalashda undan oqilona foydalanishga shart-sharoit yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Samarqand viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Imom al-Buxoriy xalqaro jamgʻarmasi va jamoat tashkilotlarining 2000-yilda Imom al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligini keng nishonlash haqidagi takliflari maʼqullansin.
Ushbu sanaga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika tashkiliy qoʻmitasi tarkibi hamda Imom al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tadbirlari rejasi 1, 2-ilovalarga muvofiq. tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda:
Samarqand viloyatining Registonga tutash Chokardiza qabristonidagi Imom al-Moturidiy maqbarasini rekonstruksiya qilish,
mamlakat hududidagi Imom al-Moturidiy nomi bilan bogʻliq qadamjolar, obidalar roʻyxatini aniqlash va ularni taʼmirlash-konservatsiya qilish boʻyicha belgilangan tartibda taklif tayyorlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Imom al-Buxoriy xalqaro jamgʻarmasi va Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda “Imom al-Moturidiy va uning islom falsafasida tutgan oʻrni” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi Imom al-Moturidiy asarlari hamda uning hayoti va ijodiga oid nashrlarni oʻzbek, arab, rus va ingliz tillarida chop etishni nashriyotlar rejasiga kiritsin.
5. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Imom al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligiga bagʻishlangan pochta markalari va xatjildlar chiqarsin.
6. Oʻzbekiston Teleradio kompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalari Imom al-Moturidiy hayoti va ilmiy faoliyatini, yubileyga tayyorgarlikning borishini keng yoritsinlar.
7. Imom al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish jarayonida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Imom al-Buxoriy xalqaro jamgʻarmasi, homiylik qilish istagini bildirgan xorijiy tashkilot va jismoniy shaxslarning oʻz ulushlarini qoʻshish haqidagi taklif-istaklari qoʻllab-quvvatlansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 3-dekabr,
517-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-dekabrdagi 517-son qaroriga 1-ILOVA
Imom al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika tashkiliy qoʻmitasi
TARKIBI
Eslatma: Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga shu lavozimga yangi tayinlangan shaxs kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-dekabrdagi 517-son qaroriga 2-ILOVA
Imom al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tadbirlari
REJASI
