Fuqaro aviatsiyasining “Uzbekistan Airways Technics” aviakorxonasi bazasida gʻarbda ishlab chiqarilgan samolyotlarga texnik xizmat koʻrsatish markazini tashkil etish toʻgʻrisida (483-son)
30.10.1999
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining Gʻarbda ishlab chiqarilgan samolyotlarning kengayib borayotgan parkiga texnik xizmat koʻrsatuvchi oʻz bazasini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Gʻarbda ishlab chiqarilgan samolyotlarga texnik xizmat koʻrsatish markazini tashkil etish boʻyicha loyiha buyurtmachisi etib “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi “Uzbekistan Airways Technics” aviakorxonasi belgilanganligi;
loyihaning umumiy summasi 18,80 mln AQSH dollari boʻlgan hukumat kafolati ostidagi xorijiy kreditlarni uch bosqichda, shu jumladan:
1-bosqich — 2000—2002-yillar — 5,00 mln AQSH dollari;
2-bosqich — 2003-2004-yillar — 6,50 mln AQSH dollari;
3-bosqich — 2004-2005-yillar — 7,30 mln AQSH dollari miqdorida jalb qilgan holda amalga oshirilishi;
loyihaning birinchi bosqichini amalga oshirish uchun buyurtmachi tomonidan “Uzbekistan Airways Technics” aviakorxonasi bazasida tashkil etilayotgan Gʻarbda ishlab chiqarilgan samolyotlarga texnik xizmat koʻrsatish markazini jihozlash va texnik qoʻllab-quvvatlash uchun “Lyuftganza Texnik” va “Gidro-Geratebau” kompaniyalari (Germaniya) bilan umumiy summasi 5,00 mln AQSH dollari boʻlgan kontraktlar tuzilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki, tuzilgan kontraktlarni birinchi bosqichda mablagʻ bilan taʼminlash quyidagicha amalga oshiriladi:
kontraktlar qiymatining 0,75 mln AQSH dollarini tashkil etadigan 15 foizi “KFW” (Germaniya) banki mablagʻlarini qayta moliyalashtirish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki krediti hisobiga, shu jumladan:
“Lyuftganza Texnik” kompaniyasi bilan tuzilgan kontrakt boʻyicha — 0,56 mln AQSH dollari;
“Gidro-Geratebau” kompaniyasi bilan tuzilgan kontrakt boʻyicha — 0,19 mln AQSH dollari;
kontraktlar qiymatining 4,25 mln AQSH dollarini tashkil etadigan 85 foizi “Germes” (Germaniya) jamiyati sugʻurta qoplamasi ostida “KFW” banki mablagʻlarini qayta moliyalashtirish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki krediti hisobiga, shu jumladan:
“Lyuftganza Texnik” kompaniyasi bilan tuzilgan kontrakt boʻyicha — 3,17 mln AQSH dollari;
“Gidro-Geratebau” kompaniyasi bilan tuzilgan kontrakt boʻyicha — 1,08 mln AQSH dollari.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki:
“Uzbekistan Airways Technics” aviakorxonasi bilan birgalikda loyihaning ikkinchi va uchinchi bosqichlarini mablagʻ bilan taʼminlash sxemasini loyihadagi quvvatlarni ishga tushirishga muvofiq muddatlarda ishlab chiqsin;
bir oy muddatda kredit bitimlarini tuzsin va birinchi bosqich boʻyicha “Uzbekistan Airways Technics” aviakorxonasiga “KFW” banki mablagʻlarini qayta moliyalashtirishni taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri mazkur loyiha uchun jalb qilinadigan kreditlar boʻyicha: xorijiy bankka — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki majburiyatlari boʻyicha va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga — “Uzbekistan Airways Technics” aviakorxonasi majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan kafolatlar berishga vakil qilinsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatlari yuzasidan xorijiy bank uchun maqbul boʻlgan shakl boʻyicha yuridik xulosani belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
6. Belgilansinki, asosiy qarz, foizlar, vositachilik haqlari va kreditga xizmat koʻrsatish boʻyicha boshqa xarajatlarni toʻlash kredit bitimlari shartlariga muvofiq “Uzbekistan Airways Technics” aviakorxonasi xoʻjalik faoliyati hisobiga 1 va 2-ilovalarga muvofiq amalga oshiriladi.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari L.A. Axmetov va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 30-oktabr,
483-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktabrdagi 483-son qaroriga 1-ILOVA
“Uzbekistan Airways Technics” aviakorxonasi bilan “Lyufganza Texnik” va “Gidro- Geratebau” (Germaniya) firmalari oʻrtasidagi kontrakt qiymatining 15 foizini toʻlash uchun Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalashtiriladigan “KFW” banki kreditini toʻlash prognoz jadvali
Izoh: Koʻrsatkichlar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan “KFW” (Germaniya) banki oʻrtasida kredit shartnomalari tuzilgandan soʻng aniqlashtiriladi va toʻlov sanasidagi Libor stavkasi darajasiga bogʻliq boʻladi.
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktabrdagi 483-son qaroriga 2-ILOVA
“Uzbekistan Airways Technics” aviakorxonasi bilan “Lyufganza Texnik” va “Gidro- Geratebau” (Germaniya) firmalari oʻrtasidagi kontrakt qiymatining 85 foizini toʻlash uchun Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalashtiriladigan “KFW” bankining “Germes” jamiyati sugʻurta qoplamasi ostidagi kreditini toʻlash prognoz jadvali
Izoh: Koʻrsatkichlar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan “KFW” (Germaniya) banki oʻrtasida kredit shartnomalari tuzilgandan soʻng aniqlashtiriladi va toʻlov sanasidagi Libor stavkasi darajasiga bogʻliq boʻladi.
