Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan Braziliya Federativ Respublikasi Sport vazirligi oʻrtasida bitim
28.05.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan Braziliya Federativ Respublikasi Sport vazirligi oʻrtasida bitim
Bitim
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi va Braziliya Federativ Respublikasi Sport vazirligi bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Braziliya Federativ Respublikasi oʻrtasidagi oʻzaro doʻstlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida, va
Ikki mamlakatning sport sohasidagi hamkorligini rivojlantirish istagida,
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
1-modda
Tomonlar nogironlar uchun turli xil maxsus oʻyinlarning murabbiylarini almashinuvini qoʻllab-quvvatlaydilar.
2-modda
Tomonlar sportni rivojlantirish dasturlari va faoliyatlari boʻyicha ikki yetakchilar oʻrtasida har yili bir haftalik tajriba almashishni qoʻllab-quvvatlaydilar.
3-modda
Tomonlar sportni rivojlantirish dasturlari doirasida oʻtkaziladigan loyihalar, dasturlar va faoliyatlarda ishtirok etish uchun delegatsiyalar almashinuvini ilgari suradilar.
4-modda
Tomonlar sport sohasiga tegishli boʻlgan zamonaviy ilmiy usullar bilan tanishtiriladi hamda sportni amalda qoʻllash, nogironlar sporti bilan bogʻliq boʻlgan ekspertlarning tashriflari bilan almashinadilar.
5-modda
Tomonlar milliy terma jamoalarining oʻzaro tashriflari almashinuvini qoʻllab-quvvatlaydilar, shu bilan birgalikda, oʻquv-seminarlar va rasmiy musobaqalar bilan almashinib, muayyan federatsiyalar oʻrtasida, shuningdek nogiron sportchilar oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini tashkil etadilar.
6-modda
Ikkala davlatning vakolatli organlari oʻrtasidagi hamkorlikning moliyaviy shartlari ijroiy dasturga asoslanib mazkur Bitimda koʻrsatilgan faoliyatlarning amalga oshirilishi boshlanadigan sana belgilanadi.
7-modda
Ushbu Bitim imzolangan kundan kuchga kiradi va besh (5) yil muddatga tuziladi hamda Tomonlarning birortasi Bitimning amal qilish muddati tugashidan olti oy oldin uni bekor qilish niyati toʻgʻrisida boshqa Tomonni yozma ravishda xabardor etmasa, mazkur Bitim amal qilish muddati oʻz-oʻzidan yana besh yilga uzaytiriladi.
Brazilia shahrida 2009-yil 28-may kuni ikki asl nusxada, har bir oʻzbek, portugal va ingliz tillarida tuzildi. Bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega, Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda, ingliz tilidagi matni ustuvor hisoblanadi.
(imzolar)
