27A-modda. Soliqlarni yigʻishda koʻmaklashish
Ikki yoqlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik hamda daromad va kapital soliqlarini toʻlashdan bosh tortishning oldini olish toʻgʻrisida · Sana: 30.03.2009 · Amalda
1. Ahdlashuvchi Davlatlar ushbu Bitimda qamrab olinadigan soliqlarni foizlar va jarima jazolari bilan birgalikda yigʻishda bir-birlariga yordam koʻrsatish uchun harakat qiladilar.
2. Ahdlashuvchi Davlatning bunday soliqlarni yigʻishda yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi soʻrovnomasi ushbu Davlat vakolatli organining mazkur Davlatning kunun hujjatlariga binoan koʻrsatilgan soliqlar uzil-kesil belgilanganligi xususida guvohligini oʻz ichiga qamrab olishi kerak. Ushbu moddaning maqsadlari uchun Ahdlashuvchi Davlat ichki qonun hujjatlariga binoan ushbu soliqni yigʻish huquqiga ega boʻlgan va soliq toʻlovchi bundan keyin yigʻishda cheklash huquqiga ega boʻlmagan holda soliq uzil-kesil belgilangan hisoblanadi.
3. 2-bandda tilga olingan soʻrovnomalar ijroga ruxsat beradigan, zarur hollarda istalgan maʼmuriy yoki yuridik qarorning rasmiy nusxasi ilova qilinadigan hujjatning rasmiy nusxasi bilan tasdiqlanadi.
4. Ahdlashuvchi Davlatning yigʻish uchun boshqa Ahdlashuvchi Davlat tomonidan qabul qilinadigan soʻrovnomasi ushbu boshqa Davlat tomonidan, aynan bunday soʻrovnoma uning oʻz soligʻi bilan bogʻliqdek, ijro etilishi kerak.
5. Koʻrib chiqish uchun ochiq boʻlgan soliq talablariga koʻra Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organi, oʻz huquqlarini himoya qilish choralariga muvofiq, boshqa Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organidan himoya choralarini koʻrishni soʻrashi mumkin. Ahdlashuvchi Davlatning qabul qilingan soʻrovnomasi ushbu boshqa Davlat tomonidan, aynan soʻrovnoma uning oʻz soligʻi bilan bogʻliqdek, ijro etiladi.
6. Bir Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organi tomonidan ushbu moddaga taalluqli yigʻilgan summalar boshqa Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organiga yuboriladi. Soliqlarni yigʻishda koʻmaklashish paytida qilingan odatdagi xarajatlar soʻrovnoma yuborgan Davlat zimmasiga yuklanadi. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari boshqacha tartibni kelishib olgan hollar bundan mustasno.
7. Ushbu moddadagi hech narsa Ahdlashuvchi Davlatlarning birini:
a) u yoki boshqa Ahdlashuvchi Davlatning qonunlari va maʼmuriy amaliyotini oʻzgartirish uchun maʼmuriy choralar koʻrishga;
b) davlat siyosatiga (jamoat tartibiga) zid boʻlgan choralar koʻrishga;
s) boshqa Ahdlashuvchi Davlat yigʻim paytida uning qonunlari yoki maʼmuriy amaliyoti boʻyicha qoʻllanadigan barcha choralardan foydalanmagan taqdirda koʻmak koʻrsatishga;
