Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish uchun moʻljallangan import qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan xomashyolar roʻyxatiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (1952-1-son)
28.01.2010
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGI
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 28-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1952-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 211-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2009-yil 6-maydagi 5-3-6/28, 53, EG-01/10-2053 i 01-02/8-9-sonli hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2009-yil 20-apreldagi 7-sonli qarori (2009-yil 8-may, roʻyxat raqami 1952) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 19-20-son, 240-modda) bilan tasdiqlangan Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish uchun moʻljallangan import qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan xomashyolar roʻyxatiga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri S. BEKENOV
Toshkent sh.,
2010-yil 21-yanvar,
94-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 21-yanvar,
6-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 21-yanvar,
EG-01/10-7079-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2010-yil 21-yanvar,
01-02/8-16-son
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 21-yanvar,
15-son
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2010-yil 21-yanvardagi 94, 6, EG-01/10-7079, 01-02/8-16, 15-sonli qaroriga ILOVA
Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish uchun moʻljallangan import qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan xomashyolar Roʻyxatiga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. Quyidagi mazmundagi 200 — 613 pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
2.Quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“*Mazkur imtiyozlar koʻrsatilgan pozitsiya uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasining xulosasi taqdim etilganda, shuningdek qadoqlash talab qilinganda qoʻllaniladi.”.
3. Quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Qoʻshimcha qiymat soligʻi toʻlash boʻyicha imtiyozlar mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish uchun oʻz ehtiyojlari maqsadida olib kelinayotgan xomashyoga, shuningdek dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan tuzilgan shartnomalarga asosan xomashyo importini amalga oshirayotgan korxonalarga qoʻllaniladi.”.
4. Mazkur qoʻshimchalar “Oʻzfarmsanoat” DAK bilan kelishilgan.
“Oʻzfarmsanoat” DAK Boshqaruv raisi v.b. M. DUSMURATOV
2010-yil 21-yanvar
