“Ayrim xizmatlarni koʻrsatayotgan yuridik shaxslar uchun foyda soligʻi va yagona soliq toʻlovi boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida (1594-4-son)
27.01.2010
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 27-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1594-4]
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 560-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2006-yil 20-iyundagi 54, 2006-28-son qarori (roʻyxat raqami 1594, 2006-yil 17-iyul) Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 281-modda) bilan tasdiqlangan “Ayrim xizmatlarni koʻrsatayotgan yuridik shaxslar uchun foyda soligʻi va yagona soliq toʻlovi boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga ilovaga* muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 30-dekabr,
120-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 30-dekabr,
2009-38-son
