Aksizli tovarlarning ayrim turlarini sotish hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumot shaklini tasdiqlash haqida (2074-son)
27.01.2010
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 27-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2074]
“Ayrim turdagi aksizli tovarlarni ishlab chiqarish va sotishning hisobi tizimi toʻgʻrisida”gi Vaqtinchalik nizomning 26-bandiga muvofiq (roʻyxat raqami 1390, 2004-yil 26-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 30-son, 347-modda) Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Aksizli tovarlarning ayrim turlarini sotish hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumot shakli ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, aksizli tovarlarning ayrim turlarini sotish hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aksizli tovarlarning ayrim turlarini ishlab chiqarish va sotishni amalga oshiradigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 15-dekabr,
2009-37-son
Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 15-dekabrdagi 2009-37-son qaroriga ILOVA
