Oʻzbekiston Respublikasi hududiga jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni bojsiz olib kirish normalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (279-1-son)
20.01.2010
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 20-yanvarda roʻyxatidan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 279-1]
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) 6 va 7-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 1-iyundagi PQ-1118-son “Jismoniy shaxslar tomonidan isteʼmol tovarlarini olib kirishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 23-son, 262-modda) qarori va “Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinganligi uchun yigʻim undirishni joriy etish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 1996-y., № 8, 22-modda) qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh bojxona boshqarmasi tomonidan 1996-yil 7-sentabrdagi 55, 1200-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni bojsiz olib kirishning normalariga (roʻyxat raqami 279, 1996-yil 10-sentabr) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R.S. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 4-yanvar,
1-son
Davlat Bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2010-yil 4-yanvar,
01-02/8-33-son
