Shifokor retseptisiz sotiladigan dori vositalarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida (2062-son)
13.01.2010
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 13-yanvarda roʻyxatidan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2062]
Oʻzbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 120-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 6-avgustdagi 404-son “Respublikada dori-darmonlar va tibbiy buyumlar bilan taʼminlashni va ularni taqsimlashni yaxshilashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorini bajarish maqsadida buyuraman:
1. Shifokor retseptisiz sotiladigan dori vositalarining roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining 2007-yil 25-sentabrdagi 422-son “Shifokor retseptisiz sotiladigan dori vositalarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1730, 2007-yil 20-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 43-son, 435-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining 2008-yil 29-avgustdagi 390-son “Shifokor retseptisiz sotiladigan dori vositalarining roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1730-1, 2008-yil 9-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 37-38-son, 388-modda).
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 21-dekabr,
371-son
Sogʻliqni saqlash vazirligining 2010-yil 21-dekabrdagi 371-son buyrugʻiga ILOVA
Shifokor retseptisiz sotiladigan dori vositalarining
roʻyxati
Izoh:
Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtgan va dorixonalardan shifokor retseptisiz beriladigan dori vositalariga ushbu roʻyxatga kiritilgan dori vositalari xuddi shu tarkibdagi taʼsir qiluvchi moddalari va dori shakliga, dozasiga ega boʻlgan dori vositalarining ham kiradi.
Shifokor retseptisiz beriladigan dori vositalarining barcha inyeksion dori shakllari retsept boʻyicha beriladi.
Dori vositalarining oʻramlari, qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomalari, ilova-varaqalarida koʻrsatilgan berish tartibidan qatʼi nazar, dori vositalarini berishda ushbu roʻyxatga amal qilinishi kerak.
