1999-2001-yillarda va 2005-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasida baliq va baliq mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (344-son)
14.07.1999
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturi amalga oshirilishini taʼminlash, baliq va baliq mahsulotlarini sanoat asosida ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish va aholining ularga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbaliq” aksiyadorlik kompaniyasining respublika manfaatdor idoralari bilan kelishilgan 1999 — 2001-yillarda va 2005-yilgacha boʻlgan davrda:
hovuz xoʻjaliklarida baliq va baliq mahsulotlari ishlab chiqarish, ularni tabiiy suv havzalaridan ovlash, fermer xoʻjaliklarida yetishtirish, shuningdek baliq konservalari ishlab chiqarish hajmlari boʻyicha takliflari 1 — 3-ilovalarga* muvofiq;
* 1—3 ilovalar rus tilidagi matnda berilgan
“Oʻzbaliq” aksiyadorlik kompaniyasining eksport quvvatini rivojlantirish boʻyicha takliflari 4-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
* 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga va “Oʻzbaliq” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalariga xizmat koʻrsatuvchi tegishli tijorat banklariga 5-ilovaga* muvofiq tarmoq korxonalarini texnika bilan qayta jihozlash uchun va import oʻrnini qoplash dasturi boʻyicha 6-ilovaga* muvofiq baliq-konserva korxonalari qurilishi uchun 1999 — 2001-yillarda belgilangan tartibda uzoq muddatli kreditlar berish tavsiya etilsin.
* 5-6-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
3. Moʻynoq va boshqa kichik baliq-konserva korxonalari quvvatlarini ish bilan taʼminlash uchun oʻz xomashyo bazasini yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasiga “Oʻzbaliq” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida kaspiy mayda baligʻini iqlimlashtirishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida 1999-yil 1-avgustgacha xulosa tayyorlash topshirilsin.
4. “Oʻzbaliq” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida tarmoqni Tiklash va rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilsin, unga:
baliqchilik xoʻjaliklarini qayta tiklash va texnika bilan qayta jihozlash, zamonaviy, eksportga moʻljallangan ishlab chiqarishlarni yaratish;
baliqlarning yangi turlarini iqlimlashtirish, havzalarga mayda baliqlarni qoʻyib yuborish va tabiiy suv havzalari mahsuldorligini oshirishga yoʻnaltirilgan baliqchilik-melioratsiya ishlarini amalga oshirish;
baliq yetishtirishni koʻpaytirishni taʼminlovchi infratuzilmani yaratish tadbirlarini mablagʻ bilan taʼminlash vazifasi yuklansin.
Quyidagilar Tiklash va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
“Oʻzbaliq” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlaridagi davlat aksiyalari paketlari boʻyicha olingan dividendlarning 25 foizi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa manbalar.
5. “Oʻzbaliq” aksiyadorlik kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi bilan birgalikda Tiklash va rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni 20 kun muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jamgʻarma mablagʻlarining maqsadli foydalanilishini qattiq nazorat qilsin.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari baliqchilik xoʻjaliklariga ajratilgan yerlarning boshqa maqsadlarda foydalanilishiga, ularning paxta va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari ekish uchun ajratilishiga yoʻl qoʻymasinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.M.Olimjonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 14-iyul,
344-son
