Oʻzbekiston Respublikasi hududiga isteʼmol tovarlari olib kelinishini tartibga solish toʻgʻrisida (PF-3105-son)
11.07.2002
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga isteʼmol tovarlari olib kelinishini tartibga solish maqsadida:
2. Belgilab qoʻyilsinki, 2002-yilning 1-avgustidan boshlab isteʼmol tovarlarini olib kelish chogʻida yuridik shaxslar tomonidan bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar bekor qilinadi, ilovada koʻrsatilgan tovarlar bundan mustasnodir.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga bojxona qonunchiligini buzgan holda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga tovarlar olib kelinishi faktlari aniqlangan taqdirda huquqbuzarlik buyumlarini qonunchilikda belgilangan tartibda davlat daromadiga musodara etish huquqi berilsin.
4. Belgilab qoʻyilsinki, 2002-yilning 10-noyabridan boshlab bojxona qonunchiligini buzgan holda koʻp va juda koʻp miqdordagi tovarlar olib oʻtilgan taqdirda jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan tovarlar hamda shunday maqsadlarda foydalanilgan transport vositalari qonunchilikda belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazish uchun bojxona organlari tomonidan musodara qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi ushbu Farmonning qoidalari ogʻishmay bajarilishini taʼminlasinlar, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida joylardagi davlat hokimiyati organlari, ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda amaldagi qonunchilikning qoida va talablari hamda ularni buzganlik uchun javobgarlik aholi oʻrtasida keng tushuntirilishini taʼminlasinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish boʻyicha qaror qabul qilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining tegishli vazirliklari va idoralari bilan birga oʻn kun muddatda amaldagi qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
7. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 11-iyul,
PF-3105-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 11-iyuldagi PF-3105-son Farmoniga ILOVA
Import qilinganida amaldagi qonunchilikka muvofiq yuridik shaxslar tomonidan bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar saqlanib qoladigan isteʼmol tovarlari
ROʻYXATI
(roʻyxat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 5-noyabrdagi PF-3158-son Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 10-11-son, 201-modda)
