“2153-modda. Soliq toʻlovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi toʻgʻrisida axborot taqdim etish tartibini buzish
Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan oʻzbekiston respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-242-son) · Sana: 30.12.2009 · Amalda
Soliq toʻlovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi toʻgʻrisida qonun hujjatlariga muvofiq axborot taqdim etadigan organlar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari tomonidan soliq toʻlovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etish tartibining koʻrsatilgan axborotni taqdim etmaslikda, oʻz vaqtida taqdim etmaslikda yoki buzib koʻrsatgan holda taqdim etishda ifodalangan buzilishi —
eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
3) 264-moddaning birinchi qismi “(aksiz markasi bilan markalanmagan tovarlar qonunga xilof ravishda ishlab chiqarilgan yoki muomalaga kiritilgan hollarda)” degan soʻzlardan keyin “2153-moddasida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi 474-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 9, 312-modda, № 12, 415-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 5-modda birinchi qismining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8) soliq tekshiruvini oʻtkazishga soliq toʻlovchi tomonidan toʻsqinlik qilingan yoki davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslarining soliq toʻlovchi tomonidan daromadlar olish uchun foydalanilayotgan yoxud soliq solish obyektini saqlash bilan bogʻliq hududlar, binolar, shu jumladan joylarni koʻzdan kechirish uchun kirishi rad etilgan hollarda soliq toʻlovchining banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish yuzasidan sud tartibida choralar koʻrish, bundan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishning aniqlangan hollari mustasno. Soliq toʻlovchining banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarini toʻxtatib turish quyidagi hollarda davlat soliq xizmati organlarining qarorlari asosida ham amalga oshirilishi mumkin:
