“152-modda. Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining xizmatlarni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlari — Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-241-son)
“152-modda. Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining xizmatlarni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlari
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-241-son) · Sana: 30.12.2009 · Amalda
Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining xizmatlarni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlariga quyidagilar kiradi”;
45) 154-modda:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan yuridik shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining soliq solinadigan foydasini aniqlashda foyda soligʻini hisoblab chiqarish maqsadi uchun soliq solinadigan foyda summasi ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan xarajatlar summasining 10 foizidan kam boʻlishi mumkin emas”;
uchinchi qismidagi “ushbu Kodeksning 147-moddasiga muvofiq chegirib tashlanmaydigan xarajatlar bundan mustasno” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
beshinchi qismining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) Oʻzbekiston Respublikasi ushbu norezidentining xizmatlari uchun vositachilik daromadlari”;
46) 155-modda:
uchinchi qismi:
9-bandining oxirgi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda, agar joʻnatish punkti yoki tayin etilgan punkt Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan boʻlsa, tashish xalqaro tashish deb hisoblanadi”;
10-bandining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10) xalqaro tashishlarda va Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi tashishlarda transport-ekspeditorlik xizmatlarini koʻrsatishdan olinadigan daromadlar”;
quyidagi mazmundagi 111-band bilan toʻldirilsin:
“111) tekinga olingan mol-mulk”;
toʻrtinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlardan olinadigan daromadlar, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlardan olinadigan daromadlar mustasno”;
47) 156-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat obligatsiyalari va davlatning boshqa qimmatli qogʻozlari boʻyicha daromadlar, shuningdek davlat maqsadli jamgʻarmalarining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra tashkil qilinadigan budjetdan tashqari jamgʻarmalarning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini moliya bozorlarida joylashtirishdan foizlar tarzida olinadigan daromadlar soliq solishdan ozod qilinadi”;
48) 159-moddaning birinchi qismi:
1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) ekologiya, sogʻlomlashtirish va xayriya jamgʻarmalariga, madaniyat, sogʻliqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport muassasalariga, taʼlim muassasalariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga beriladigan badallar, homiylik va xayriya tariqasidagi mablagʻlar summasiga, biroq soliq solinadigan foydaning ikki foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda”;
3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3) ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga, yangi texnologik jihoz xarid qilishga, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirishga, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishga, shuningdek ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlarni uzishga, lizing obyekti qiymatining oʻrnini qoplashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasiga, tegishli soliq davrida hisoblangan amortizatsiyani chegirib tashlagan holda, biroq soliq solinadigan foydaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda. Soliq solinadigan foydani kamaytirish yuqorida koʻrsatib oʻtilgan xarajatlar qilingan soliq davridan eʼtiboran, texnologik jihoz boʻyicha esa u foydalanishga topshirilgan paytdan eʼtiboran besh yil ichida amalga oshiriladi. Yangi texnologik jihoz xarid qilingan (import qilingan) paytdan eʼtiboran uch yil ichida realizatsiya qilingan yoki tekinga berilgan taqdirda, yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini toʻlash boʻyicha majburiyatlar tiklangan holda, mazkur imtiyozning amal qilishi imtiyoz qoʻllanilgan butun davr uchun bekor qilinadi. Ushbu imtiyoz tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi soliq toʻlovchilar tomonidan qoʻllaniladi”;
4-bandi chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi 7-band bilan toʻldirilsin:
“7) qoʻshimcha foyda soligʻini toʻlovchilar uchun sof qoʻshimcha foyda summasiga”;
49) 168-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jismoniy shaxslarning — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlariga ushbu Kodeksning 182-moddasida nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda va stavkalar boʻyicha soliq solinadi”;
50) 171-modda ikkinchi qismining:
1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) mehnat sharoitlari noqulay boʻlgan ishlarda band boʻlgan xodimlarni mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sut, davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazlangan shoʻr suv, shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan taʼminlash xarajatlari”;
3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3) xodimlarni ish joyiga olib kelish va qaytarib olib ketish xarajatlari”;
5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5) xodimga xizmat vazifalarini bajarish uchun zarur boʻlgan maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal, formali kiyim-bosh berish xarajatlari yoki ularni pasaytirilgan baholarda sotish munosabati bilan qilingan xarajatlar, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ayrim toifadagi xodimlarni oʻz xizmat vazifalarini bajarishi chogʻida oziq-ovqat bilan taʼminlash xarajatlari”;
8-bandi beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va normalar boʻyicha boshqa kompensatsiya toʻlovlari (kompensatsiyalar), bundan ushbu Kodeksning 174 va 178-moddalarida koʻrsatilganlari mustasno”;
11-bandidagi “agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
12-bandi chiqarib tashlansin;
13-bandi birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13) mol-mulkni sugʻurta qilish va (yoki) hayotni uzoq muddatli sugʻurta qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslarga toʻlanadigan sugʻurta mukofotlari”;
51) 172-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarda boʻlgan va tuzilgan mehnat shartnomasiga (kontraktiga) muvofiq ishlarni bajarayotgan jismoniy shaxslarga hisoblanadigan va toʻlanadigan barcha toʻlovlar mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar deb eʼtirof etiladi:
mehnatga haq toʻlashning qabul qilingan shakllari va tizimlariga muvofiq ishbay narxlar, tarif stavkalari va mansab maoshlaridan kelib chiqqan holda haqiqatda bajarilgan ish uchun hisoblangan ish haqi;
ilmiy daraja va faxriy unvon uchun qoʻshimcha toʻlovlar;
ushbu Kodeksning 173-moddasiga muvofiq ragʻbatlantirish xususiyatiga ega toʻlovlar;
ushbu Kodeksning 174-moddasiga muvofiq kompensatsiya toʻlovlari (kompensatsiya);
ushbu Kodeksning 175-moddasiga muvofiq ishlanmagan vaqt uchun haq toʻlash.
Mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga quyidagilar ham kiradi:
predmeti ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish boʻlgan fuqarolik-huquqiy tusda tuzilgan shartnomalarga muvofiq jismoniy shaxslarga (ushbu Kodeks 169-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan daromadlar bundan mustasno) toʻlovlar;
yuridik shaxsning boshqaruv organi (kuzatuv kengashi yoki boshqa shunga oʻxshash organi) aʼzolariga yuridik shaxsning oʻzi tomonidan amalga oshiriladigan toʻlovlar”;
52) 173-moddaning:
1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) yillik ish yakunlari boʻyicha mukofot, bayram sanalari va muhim sanalar, jamoatchilik faoliyatidagi yutuqlar munosabati bilan xodimlarni ragʻbatlantirish xususiyatiga ega bir yoʻla beriladigan mukofotlar va boshqa shunga oʻxshash toʻlovlar”;
4-bandidagi “har yilgi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
53) 174-moddaning:
1 va 2-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay boʻlgan joylardagi ishlar bilan bogʻliq qoʻshimcha toʻlovlar (ish staji uchun ustamalar, baland togʻli, choʻl va suvsiz hududlarda ishlaganlik uchun belgilangan koeffitsiyentlar boʻyicha toʻlovlar);
2) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar roʻyxati boʻyicha ogʻir, zararli, oʻta zararli mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan shunday sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ish haqiga ustamalar”;
4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4) koʻp smenali rejimda ishlaganlik, shuningdek bir necha kasbda, lavozimda ishlaganlik, xizmat koʻrsatish doirasi kengayganligi, bajariladigan ishlar hajmi ortganligi, oʻzining asosiy ishi bilan bir qatorda ishda vaqtincha boʻlmagan xodimlarning vazifalarini bajarganlik uchun ustamalar”;
54) 175-moddaning:
1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) qonun hujjatlariga muvofiq:
a) yillik asosiy (uzaytirilgan asosiy) taʼtilga haq toʻlash, shuningdek ushbu taʼtildan foydalanilmaganda, shu jumladan xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda pullik kompensatsiya toʻlash;
b) noqulay va oʻziga xos mehnat sharoitlarida, shuningdek ogʻir va noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganligi uchun ayrim tarmoqlarning xodimlariga beriladigan qoʻshimcha taʼtilga haq toʻlash;
v) oʻqish bilan bogʻliq taʼtilga va ijodiy taʼtillarga haq toʻlash;
g) oʻn ikki yoshga toʻlmagan ikki va undan ortiq bolasi yoki oʻn olti yoshga toʻlmagan nogiron bolasi bor ayollarga berilgan qoʻshimcha taʼtilga haq toʻlash”;
11-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11) oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning imtiyozli soatlariga, onalarga bolani ovqatlantirishi uchun ishda beriladigan tanaffuslarga, shuningdek tibbiy koʻrikdan oʻtish bilan bogʻliq vaqt uchun haq toʻlash”;
13, 14 va 17-bandlari chiqarib tashlansin;
55) 176-moddaning:
4-bandi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Mol-mulkni olish narxi va realizatsiya qilish narxi, olish narxi boʻlmagan taqdirda esa, inventarizatsiya qiymati va realizatsiya qilish narxi oʻrtasidagi farq daromad deb eʼtirof etiladi”;
5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5) sanoat mulki obyektlariga, seleksiya yutugʻiga berilgan patent (litsenziya) egasi boʻlgan jismoniy shaxsning patentdan boshqa shaxs foydasiga voz kechganda yoki litsenziya shartnomasi tuzganda olgan daromadi”;
7-bandi chiqarib tashlansin;
56) 177-modda birinchi qismining:
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soliq toʻlovchi tomonidan yuridik shaxsdan moddiy naf tarzida olingan daromadlar, agar ushbu Kodeks 171-moddasining ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, quyidagilardir”;
2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) soliq toʻlovchining manfaatlarini koʻzlab tekinga, shu jumladan hadya shartnomasi asosida berilgan mol-mulk, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar qiymati”;
57) 178-modda:
3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, xayriya va ekologiya jamgʻarmalari tomonidan jismoniy shaxslarga beriladigan nafaqalar hamda boshqa turlardagi yordam”;
13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13) Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari va davlat pul mukofotlariga sazovor boʻlgan jismoniy shaxslar olgan bir yoʻla beriladigan davlat pul mukofoti yoki shunga teng bahodagi esdalik sovgʻalarining qiymati, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida bir yoʻla beriladigan pul mukofoti”;
15 va 16-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15) xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq beriladigan ishdan boʻshatish nafaqasi va boshqa toʻlovlar”;
16) moddiy yordam tariqasida:
vafot etgan xodimning oila aʼzolariga yoki oila aʼzosi vafot etganligi munosabati bilan xodimga beriladigan toʻlovlar;
xodimga mehnatda mayib boʻlganligi, kasb kasalligi yoxud sogʻligʻiga boshqacha shikast yetganligi bilan bogʻliq toʻlovlar;
favqulodda holatlar munosabati bilan beriladigan toʻlovlar;
maqsadli xususiyatga ega boʻlgan hamda xodimlar bilan yuz bergan shaxsiy tusdagi voqealar, hodisalar va tadbirlar bilan bogʻliq boʻlgan hamda bajariladigan ish natijalariga bogʻliq boʻlmagan toʻlovlar;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini berish yoki ularni sotib olish uchun mablagʻlar berish tarzidagi toʻlovlar”;
quyidagi mazmundagi 17 — 20-bandlar bilan toʻldirilsin:
“17) qonun hujjatlariga muvofiq uy-joy-kommunal xizmatlari haqini toʻlash boʻyicha har oylik kompensatsiya pul toʻlovlari;
18) ishlamaydigan pensionyerlarga yuridik shaxs tomonidan toʻlanadigan toʻlovlar;
19) sugʻurta tovoni summalari;
20) maʼnaviy zararni kompensatsiya qilish boʻyicha pul toʻlovlari”;
58) 179-modda:
1-bandining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“boshqa hollarda — soliq davri uchun eng kam ish haqining oʻn ikki baravarigacha miqdorda”;
7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7) Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari va davlat pul mukofotlariga sazovor boʻlgan jismoniy shaxslar olgan bir yoʻla beriladigan davlat pul mukofoti yoki shunga teng bahodagi esdalik sovgʻalarining qiymati, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida bir yoʻla beriladigan pul mukofoti”;
11-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11) jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan mol-mulkni sotishdan olinadigan daromadlar, bundan qimmatli qogʻozlarni, yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini (paylarini) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar, shuningdek amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati doirasida olingan mol-mulkni sotishdan tushadigan daromadlar mustasno”;
14-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14) yuridik shaxsdan soliq davri mobaynida eng kam ish haqining olti baravari miqdorigacha boʻlgan qiymatdagi:
xodimlar natura shaklida olgan sovgʻalar;
ilgari mazkur yuridik shaxsning xodimlari boʻlgan ishlamayotgan pensionyerlar va mehnat qobiliyatini yoʻqotgan shaxslar, vafot etgan xodimning oila aʼzolari tomonidan olingan sovgʻalar va boshqa turlardagi yordam”;
19-bandining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19) fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining davlat korxonalari mol-mulkini sotib olish, xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalarini olish uchun yoʻnaltiriladigan summalari, shuningdek dividendlar tarzida olingan va dividend toʻlagan yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) yoʻnaltirilgan daromadlar”;
20-bandidagi “xayriya va ekologiya jamgʻarmalari mablagʻlaridan” degan soʻzlar “fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, xayriya va ekologiya jamgʻarmalaridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
22 va 23-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22) fuqarolarning sugʻurta tovoni sifatida oladigan summalari;
23) qonun hujjatlarida davlat stipendiyalari uchun belgilangan miqdorlarda taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan toʻlanadigan stipendiyalar”;
28-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“28) fuqarolarning soliq solinadigan va Oʻzbekiston Respublikasida sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslarga mol-mulkni sugʻurta qilish hamda hayotni uzoq muddatli sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta mukofotlari toʻlovi uchun yoʻnaltiriladigan ish haqi va boshqa daromadlarining summalari”;
30-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“30) quyidagi jismoniy shaxslarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlari summalari:
yosh oila aʼzolari tomonidan yakka tartibda uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va sotib olish uchun yoki koʻp kvartirali uydagi kvartirani rekonstruksiya qilish va sotib olish uchun olingan ipoteka kreditlarini hamda ular boʻyicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun yoʻnaltirilganda;
“Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankining kreditlari hisobiga qishloq joylarida namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy quruvchi shaxslar tomonidan olingan ipoteka kreditlarini hamda ular boʻyicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun yoʻnaltirilganda.
Ushbu bandda koʻrsatilgan mol-mulk olingan (mol-mulkka boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan) sanadan eʼtiboran besh yil ichida sotilsa, mazkur bandda nazarda tutilgan daromadlarga belgilangan tartibda soliq solinadi”;
quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʻldirilsin:
“31) fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining:
Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlarida taʼlim olish uchun (oʻzining oʻqishi yoki yigirma olti yoshga toʻlmagan farzandlarining oʻqishi uchun) yoʻnaltiriladigan summalari;
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankidagi fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy ravishda yoʻnaltiriladigan summalari”;
59) 182-modda:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “152-modda. Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining xizmatlarni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlari Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-241-son). neolex.uz/uz/laws/law-1566033/152 (lex.uz/docs/-1566036)