9-modda. Taʼlim tizimi
Taʼlim toʻgʻrisida (464-I-son) · Sana: 29.08.1997 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim tizimi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
davlat standartlariga muvofiq taʼlim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat taʼlim muassasalari;
taʼlim tizimining faoliyat koʻrsatishi va rivojlanishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar;
taʼlim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar.
Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim tizimi yagona va uzluksizdir.
