6-modda. Taʼlim muassasasining huquqiy maqomi
Taʼlim toʻgʻrisida (464-I-son) · Sana: 29.08.1997 · Amalda
Taʼlim muassasasini akkreditatsiyalash vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiyaga asosan amalga oshiriladi.
Taʼlim muassasasi yuridik shaxs boʻlib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda barpo etiladi. Nodavlat taʼlim muassasasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda davlat akkreditatsiyasidan oʻtgan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqlari va taʼlim faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻladi.
Taʼlim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan ustav asosida faoliyat koʻrsatadi.
Taʼlim muassasasi attestatsiya natijalariga binoan davlat akkreditatsiyasidan mahrum etilishi mumkin.
Taʼlim muassasalari oʻquv-tarbiya majmuilariga hamda oʻquv-ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari va uyushmalariga birlashishga haqli.
Taʼlim muassasalari ustavda belgilangan vazifalariga muvofiq pulli taʼlim xizmatlari koʻrsatish, shuningdek tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlari bilan shugʻullanishga haqli.
