17-modda. Maktabdan tashqari taʼlim
Taʼlim toʻgʻrisida (464-I-son) · Sana: 29.08.1997 · Amalda
Bolalar va oʻsmirlarning yakka tartibdagi ehtiyojlarini qondirish, ularning boʻsh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yoʻnalishlarda maktabdan tashqari taʼlim muassasalarini tashkil etishlari mumkin.
Maktabdan tashqari taʼlim muassasalariga bolalar, oʻsmirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, sanʼat maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, axborot-kutubxona muassasalari, sogʻlomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi.
Maktabdan tashqari taʼlim muassasalarini tashkil etish va ularning faoliyat koʻrsatish tartibi qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladi.
