“491-modda. Voyaga yetmagan shaxslarning mehnatidan foydalanishga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi talablarni buzish
Voyaga yetmagan shaxslarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-236-son) · Sana: 21.12.2009 · Amalda
Voyaga yetmagan shaxs mehnatidan uning sogʻligʻi, xavfsizligi yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin boʻlgan ishlarda foydalanish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
3) 51-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Xuddi shunday huquqbuzarlik voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
4) 245-moddaning birinchi qismi “48” raqamidan keyin “491” raqami bilan toʻldirilsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi voyaga yetmagan shaxslarning mehnatidan foydalanishga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi talablarni belgilangan tartibda ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini taʼminlasin.
3-modda. Ushbu Qonun 2010-yil 1-fevraldan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 21-dekabr,
OʻRQ-236-son
