Oʻzbekiston Respublikasida yangi mehnat daftarchalarini joriy qilish toʻgʻrisida (258-son)
06.07.1995
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasida yangi mehnat daftarchalarini joriy etish hamda korxonalar, tashkilotlar va muassasalarni zarur miqdordagi mehnat daftarchalari bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasida yangi mehnat daftarchalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Xodimlarga ilgari berilgan amaldagi mehnat daftarchalari almashtirilmaydi.
2. Belgilab qoʻyilsinki, mehnat daftarchasi xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat boʻlib, besh kundan ortik, ishlagan barcha xodimlar uchun yuritiladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda bir oy muddatda “Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”ni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
4. “Sharq” nashriyot-matbaa konserniga yangi mehnat daftarchalarini va ularga “qoʻshimcha varaqlar”ni oʻz hisobidan 2 oy muddatda chop etish topshirilsin. Mehnat vazirligi mehnat daftarchalarini manfaatdor vazirliklar va idoralarning buyurtmanomalariga muvofiq tarqatsin va ushbu masala boʻyicha hisob-kitob ishlarini yuritsin.
5. Belgilab qoʻyilsinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasida mehnat daftarchalari qoraqalpoq va oʻzbek tillarida yuritiladi.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S.Hamidov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1995-yil 6-iyul,
258-son
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 6-iyuldagi 258-son qaroriga ILOVA
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 6-maydagi 225-sonli qarori tahririda)
