Oʻzbekiston Respublikasi Bilan Turkmaniston oʻrtasida ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun topshirish toʻgʻrisidagi shartnomani (Toshkent, 2009-yil 25-fevral) ratifikatsiya qilish haqida (O‘RQ-234-son)
17.12.2009
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 12-avgustda qabul qilingan Senat tomonidan 2009-yil 4-dekabrda maʼqullangan
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston oʻrtasida ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun topshirish toʻgʻrisidagi Shartnoma (Toshkent, 2009-yil 25-fevral) ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 17-dekabr,
OʻRQ-234-son
