Advokatlik tuzilmalarining statistik maʼlumotlar shakllarini tasdiqlash haqida (2054-son)
15.12.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 15-dekabrda 2054-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga hamda Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-martdagi 60-son qarori bilan tasdiqlangan Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish (hisobga olish) toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 10-11-son, 113-modda) asosan buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining advokatlik tuzilmalarining statistik maʼlumotlar shakllarini ilovaga muvofiq tasdiqlash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Kuyidagilar:
tasdiqlangan statistik maʼlumotlar shakllari, 9 va 10-shakllardan tashqari, advokatlar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida toʻldirilishi;
statistik maʼlumotlar har olti oyda Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga taqdim qilinishi (yarim yillik va yillik);
statistik maʼlumotlar hisobot davridan keyingi oyning 5 kuniga qadar qogʻoz hamda elektron shakllarda taqdim qilinishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari taqdim qilingan statistik maʼlumotlarning toʻgʻriligi va toʻliqligini aniqlash maqsadida ularni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilishi mumkinligi;
statistik maʼlumotlarning toʻgʻriligi va toʻliqligi uchun javobgarlik advokatlik tuzilmasining rahbari va tegishli advokatga, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasiga taqdim qilinishi uchun javobgarlik advokatlik tuzilmasining rahbariga yuklanishi maʼqullansin.
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatiga olinsin va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (D.Saʼdullayev) hamda Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (D.Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Vazir R. MUHITDINOV
Toshkent sh.,
2009-yil 15-dekabr,
280-mh-son
Adliya vazirining 2009-yil 15-dekabrdagi 280-mh-son buyrugʻiga ILOVA
8-§. Erishilgan natija § 8. Dostignutiy rezultat T/r № Koʻrsatkichning nomi Naimenovaniye pokazatelya Jami Vsego I II III 1. Jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad etish yoki tugatish Otkaz v vozbujdenii ili prekraщeniye ugolovnogo dela 2. Reabilitatsiya Reabilitatsiya ish boʻyicha jinoiy hodisa yuz bermagan boʻlsa otsutstvuyet sobitiye prestupleniya qilmishda jinoyat tarkibi boʻlmasa otsutstvuyet v deyanii sostav prestupleniya sodir etilgan jinoyatga daxli boʻlmasa neprichastno k soversheniyu prestupleniya 3. Ayblilik toʻgʻrisidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishini tugatish Prekraщeniye ugolovnogo dela bez resheniya voprosa o vinovnosti shaxsni javobgarlikka tortish muddati oʻtgan boʻlsa istekli sroki davnosti privlecheniya litsa k otvetstvennosti eʼlon qilingan amnistiya akti sodir etilgan jinoyat yoki shaxsga daxldor boʻls� sovershennoye prestupleniye ili litso podpadayet pod deystviye akta amnistii ayblanuvchi, sudlanuvchi vafot etgan boʻlsa nastupila smert obvinyayemogo, podsudimogo shaxsga nisbatan aynan shu ayblov boʻyicha sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi boʻlsa v otnoshenii litsa imeyetsya vstupivshiy v zakonnuyu silu prigovor po tomu je obvineniyu shaxsga nisbatan aynan shu ayblov boʻyicha ishni tugatish haqida sudning qonuniy kuchga kirgan ajrimi (qarori) yoki vakolatli mansabdor shaxsning jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish yoxud ishni tugatish haqida bekor qilinmagan qarori boʻlsa v otnoshenii litsa imeyetsya vstupivsheye v zakonnuyu silu opredeleniye (postanovleniye) suda ili neotmenennoye postanovleniye pravomochnogo doljnostnogo litsa ob otkaze v vozbujdenii dela libo o prekraщenii dela po tomu je obvineniyu ish faqat jabrlanuvchining shikoyati bilan qoʻzgʻatiladigan hollarda uning shikoyati boʻlmasa, Jinoyat-protsessual kodeksining 325-moddasida nazarda tutilg�n hollar bundan mustasno otsutstvuyet jaloba poterpevshego, esli delo mojet bit vozbujdeno ne inache kak po ego jalobe, krome sluchayev, predusmotrennix statyey 325 Ugolovno-protsessualnogo kodeksa shaxs ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan paytda jinoiy javobgarlikka tortish mumkin boʻlgan yoshga toʻlmagan boʻlsa litso, k momentu soversheniya obщestvenno opasnogo deyaniya, ne dostiglo vozrasta, s kotorogo vozmojna ugolovnaya otvetstvennost 4. Ayblanuvchi qilmishlarining tavsifini uning foydasiga oʻzgartirish Izmeneniye kvalifikatsii deyaniya obvinyayemogo v ego polzu 5. Ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo qoʻllash Primeneniye nakazaniya, ne svyazannogo s lisheniyem svobodi 6. Yengilroq jazo tayinlash Naznacheniye boleye myagkogo nakazaniya 7. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi Izmeneniye ili otmena meri presecheniya v vide zaklyucheniya pod straju 8. Oqlov hukmi chiqarilgan Vinesen opravdatelniy prigovor 9. Hukm bekor qilinishi yoki apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida himoya ostidagi shaxsning foydasiga oʻzgartirilishi Prigovor otmenen ili izmenen v polzu podzaщitnogo v apellatsionnom, kassatsionnom ili nadzornom poryadke
Ushbu advokatlik tuzulmalarining statistik maʼlumotlar shakllari Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan.
Advokatlar palatasi raisi v.b. R. AXMEDOV
2009-yil 15-dekabr
