“2041-modda. Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini bajarmaslik
Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-230-son) · Sana: 15.12.2009 · Amalda
Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini bajarmaslik —
fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik odamlar sogʻligʻiga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga zarar yetishiga olib kelsa, shuningdek atrof tabiiy muhitga va odamlar hayotiga tahdid solsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisidagi axborotni yashirish, oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoki ular haqida atayin soxta axborot taqdim etish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
2) 245-moddaning birinchi qismi “204” raqamidan keyin “2041” raqami bilan toʻldirilsin;
3) quyidagi mazmundagi 2491-modda bilan toʻldirilsin:
