Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 6-iyuldagi 258-son qarori ilovasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (225-son)
06.05.1999
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida yangi mehnat daftarchalarini joriy qilish toʻgʻrisida” 1995-yil 6-iyuldagi 258-son qarori ilovasini “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun va Mehnat kodeksi talablariga muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 6-iyuldagi 258-son qarori ilovasiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
“Maʼlumoti” soʻzidan keyingi “(toʻliqsiz oʻrta, oʻrta, toʻliqsiz oliy, oliy)” soʻzlari “(tugallanmagan umumiy oʻrta, umumiy oʻrta, tugallanmagan hunar-texnika, hunar-texnika, tugallanmagan oʻrta maxsus (kasb-hunar), oʻrta maxsus (kasb-hunar), tugallanmagan oliy, oliy, tayanch oliy (bakalavr), oliy (magistr))” soʻzlariga almashtirilsin;
“Ishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar”ning uchinchi ustunidan “(sabablari, mehnat qonunlari kodeksining moddasi bandi koʻrsatiladi)” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1999-yil 6-may,
225-son
