Harbiy va muqobil xizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan shaxslarni qurolli kuchlar, chegara, ichki va qorovul qoʻshinlari saflaridan zaxiraga boʻshatish va fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatga navbatdagi chaqirish toʻgʻrisida (147-son)
31.03.1999
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
[Koʻchirma]
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida” va “Muqobil xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Harbiy va muqobil xizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari, chegara, ichki va qorovul qoʻshinlari saflaridan zaxiraga boʻshatilsin.
2. 1972 — 1981-yillarda tugʻilgan, chaqiriq muddatini uzaytirish huquqiga ega boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari 1999-yilning aprel-may oylarida muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 31-mart,
147-son
