Namangan “Karbonam” aksiyadorlik jamiyatida nitrotsellyuloza uchun sellyuloza ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (475-son)
18.12.2001
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Moliyalashtiruvchi institutlar va xorijiy investorlarning Namangan “Karbonam” aksiyadorlik jamiyatida nitrotsellyuloza uchun sellyuloza ishlab chiqarish loyihasining amalga oshirilishida manfaatdorligini oshirish, Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 11-yanvardagi 18-son qarorining bajarilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Mazkur loyihani mablagʻ bilan taʼminlashda ishtirok etayotgan “SNPE INJINIRING Defens” kompaniyasi (Fransiya), chet el banklari, “Kofas” eksport-kredit agentligi va chet el sugʻurta kompaniyalari Oʻzbekiston Respublikasida manba oldida daromad (foyda) soligʻini toʻlashdan ozod qilinsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2001-yil 18-dekabr,
475-son
