Oʻzbekiston Respublikasi advokatlar palatasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (308-son)
09.12.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2008-yil 27-maydagi 112-son qarorini bajarish yuzasidan, Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi samarali tashkil etilishini taʼminlash, uning faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 16-apreldagi 166-f-son farmoyishiga muvofiq Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani, Buyuk ipak yoʻli koʻchasi, 471-uyda joylashgan bino (2-yotoqxona) Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi balansiga tasarruf etish huquqisiz bepul berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2010-yilda Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasidan ushbu qarorning 1-bandida koʻrsatilgan binoni mukammal taʼmirlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasiga 820 mln soʻm ajratish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 9-dekabr,
308-son
