Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi ishtirokchilar kengashi tarkibi toʻgʻrisida (242-son)
30.05.2001
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi Ishtirokchilar Kengashining yangi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ishtirokchilar Kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ularning lavozimiga yangidan tayinlangan shaxslar uning tarkibiga kiritilishi belgilab qoʻyilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 1998-yil 2-fevraldagi 54-son qaroriga 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 30-may,
242-son
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-maydagi 242-son qaroriga ILOVA
Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi Ishtirokchilar Kengashining
TARKIBI
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-sentabrdagi 731-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 38-son, 1040-modda)
