Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitaga bojxona imtiyozlari berish toʻgʻrisida (235-son)
25.05.2001
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi boj chegarasidan olib oʻtiladigan harbiy yuklarni boj poshlinalari va yigʻimlaridan ozod qilish toʻgʻrisida” 1994-yil 18-yanvardagi 12-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-avgustdagi 343-f-son farmoyishining bojxona imtiyozlari berishga oid qismining amal qilishi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitaga joriy etilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 25-may,
235-son
