Eng qulay rejim yaratgan holda savdo-iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimlar imzolangan mamlakatlar roʻyxatiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (426-6-son)
24.11.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 24-noyabrda 426-6-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Toshkent shahrida 2008-yil 13-mayda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Indoneziya Respublikasi Hukumati oʻrtasida Savdo Bitimi 2009-yil 30-sentabrdan kuchga kirganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tomonidan 1998-yil 1-aprelda, Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 2-aprelda 23-son va Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan 1998-yil 3-aprelda 02/19-2-son bilan tasdiqlangan Eng qulay rejim yaratgan holda savdo-iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimlar imzolangan mamlakatlar roʻyxatiga (roʻyxat raqami 426, 1998-yil 8-aprel) ilovaga* muvofiq qoʻshimcha kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 16-noyabr,
EG-01/10-7262-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 16-noyabr,
109-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2009-yil 16-noyabr,
01-02/18-28-son
