1-yanvar holati boʻyicha asosiy fondlarni har yili qayta baholashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (1192-2-son)
19.11.2009
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 19-noyabrda 1192-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 31-dekabrdagi 490-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 22 — 24-son, 159-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2002-yil 29-oktabrdagi 4, 129 va 2002-86-sonli qarori bilan tasdiqlangan 1-yanvar holati boʻyicha asosiy fondlarni har yili qayta baholashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1192, 4-dekabr 2002-yil) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 23-24-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri S. BEKENOV
Toshkent sh.,
2009-yil 20-oktabr,
90-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 20-oktabr,
98-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 20-oktabr,
2009-30-son
Davlat statistika qoʻmitasi raisi Gʻ. QUDRATOV
Toshkent sh.,
2009-yil 20-oktabr,
2-son
