181-modda. Axborot xavfsizligini taʼminlash
Radiochastota spektri toʻgʻrisida (725-I-son) · Sana: 25.12.1998 · Amalda
Radiochastota spektridan foydalanish chogʻida radiochastota spektridan foydalanuvchilar tomonidan axborot xavfsizligi choralari, shu jumladan:
uzatiladigan axborotdan ruxsatsiz foydalanish, aloqa tizimlaridan nazoratsiz foydalanish va ularning ishlashini toʻxtatib qoʻyish, shuningdek ulardan shaxs, jamiyat va davlatga zarar yetkazadigan maqsadlarda foydalanish istisno etilishini;
axborotni (maʼlumotlarni) uzatish jarayonida uning (ularning) konfidensialligini, yaxlitligini va undan (ulardan) foydalanish imkoniyatini;
ruxsatsiz yoki beixtiyor aralashishga urinishlar boʻlgan taqdirda aloqa tizimining ishlash rejimi oʻzgarmasligini taʼminlovchi choralar koʻrilishi kerak.
