16-modda. Elektromagnit moslashuv
Radiochastota spektri toʻgʻrisida (725-I-son) · Sana: 25.12.1998 · Amalda
Barcha radiochastota spektridan foydalanuvchilarning radiochastota spektridan foydalanishi qoʻllanilayotgan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarning elektromagnit moslashuvi qatʼiy tarzda taʼminlangan va ularning oʻlchamlari hamda tavsiflari Oʻzbekiston Respublikasi hududida qabul qilingan standartlar va texnik normalarga muvofiq boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarning elektromagnit moslashuviga rioya qilinishi hamda oʻlchamlar va tavsiflarning standartlar va texnik normalarga muvofiqligi ustidan nazoratni radiochastota organlari amalga oshiradi.
Agar radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarning ishlashi boshqa foydalanuvchilarning aloqa sifatiga salbiy taʼsir etsa yoki fuqarolarning sogʻligʻi va atrof muhitga zararli taʼsir koʻrsatsa, bu vositalar va qurilmalarni ishlatish toʻxtatiladi yoki bevosita radiochastota organining qaroriga koʻra yoxud tegishli davlat organlari yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining asoslantirilgan taqdimnomasiga koʻra tugatiladi.
