Germaniya Federativ Respublikasining imtiyozli kreditidan foydalangan holda “Qurilish va uy-joy-kommunal xoʻjaligi sohasida kasb-hunar taʼlimini rivojlantirishga koʻmaklashish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-852-son)
30.04.2008
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Germaniya taraqqiyot banki (KfW)ning imtiyozli kreditidan foydalangan holda amalga oshirilayotgan “Qurilish va uy-joy-kommunal xoʻjaligi sohasida kasb-hunar taʼlimini rivojlantirishga koʻmaklashish” investitsiya loyihasini samarali va oʻz vaqtida bajarish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2005-yil 21-dekabrda “Qurilish va uy-joy-kommunal xoʻjaligi sohasida kasb-hunar taʼlimini rivojlantirishga koʻmaklashish” loyihasini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi bilan Germaniya taraqqiyot banki (KfW)ning moliyaviy hamkorligi toʻgʻrisidagi Bitimga muvofiq 40 yil muddatga, shu jumladan yiliga foiz stavkasi 0,75 foiz boʻlgan 10 yillik imtiyozli davr bilan 8 mln yevro miqdorida imtiyozli kredit va 1 mln yevro miqdorida begʻaraz grant taqdim etilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
mazkur kredit boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan qarz oluvchi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hisoblanadi;
loyihani amalga oshirish boʻyicha ijrochi agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hisoblanadi;
asosiy qarzni uzish, foizlar, vositachilik haqi va imtiyozli kreditga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlash davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar:
loyihaning texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar bilan birga 1-ilovaga muvofiq;
kreditni soʻndirish, u boʻyicha foizlar va komissiyalar toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi zimmasiga loyihani oʻz vaqtida amalga oshirish, qarz mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanishni taʼminlash boʻyicha masʼuliyat yuklansin.
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi belgilangan tartibda:
loyihaning texnik hujjatlarini tayyorlash boʻyicha konsalting xizmatlari koʻrsatishga tender eʼlon qilsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda “Davarxitektqurilish”qoʻmitasiga uskunalar xarid qilish, oʻquv materiallarini nashr etish va xizmatlar koʻrsatishga zarur hujjatlarni, shu jumladan tender hujjatlarini kelishish uchun taqdim etsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi ushbu loyiha doirasida tuziladigan import shartnomalarini belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2008-2009-yillarda Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga loyihani amalga oshirish guruhining import qilinadigan uskunalarni deklaratsiyalash, bojxona omborida saqlash va sertifikatlash boʻyicha xarajatlarini qoplash; bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar toʻlovi, shuningdek, kasb-hunar kollejlariga loyiha doirasida yetkaziladigan oʻquv-laboratoriya uskunalarini respublika hududida tashish uchun zarur mablagʻlarni ajratsin.
7. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Germaniya taraqqiyot banki (KfW) oʻrtasidagi bitim shartlariga muvofiq loyiha doirasida:
olib kelinadigan uskuna va unga ehtiyot qismlar, oʻquv-koʻrgazma qurollari va texnik vositalar uchun bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari);
KfWning imtiyozli krediti mablagʻlari va granti hisobidan xarid qilinadigan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotiladigan tovarlar (ishlar va xizmatlar) qoʻshilgan qiymat soligʻidan, Pensiya jamgʻarmasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi va Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha budjetdan tashqari jamgʻarmaga majburiy ajratmalardan;
loyihani amalga oshirishda jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi hududida daromad manbaidan olinadigan daromad soligʻidan ozod qilinsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi buyurtmanomalariga asosan mazkur loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik yigʻimlar va boshqa yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi buyurtmanomalariga asosan loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga davlat boji toʻlamasdan koʻp martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek, ularning turgan joyi boʻyicha vaqtinchalik roʻyxatga olinishi va muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 30-aprel,
PQ-852-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 30-apreldagi PQ-852-son qaroriga 1-ILOVA
Loyiha texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarining
ASOSIY TEXNIK-IQTISODIY KOʻRSATKICHLARI
ming yevro T/r Koʻrsatkich nomi Jami Shu jumladan: KfW krediti KfW granti Oʻzbekiston Respublikasi budjeti mablagʻlari 1. Loyihaning cheklangan qiymati 10563,17* 8000,0 1000,0 1563,17 1.1. EKV xarajatlari, jami, shundan: 10443,96 8000,0 1000,0 1443,96 oʻquv-laboratoriya uskunalarini xarid qilish 6866,0 6866,0 oʻquv-laboratoriya uskunalarini xarid qilish boʻyicha xizmatlar 400,0 400,0 maxsus adabiyot, oʻquv materiallari va qoʻllanmalar chop etish 134,0 134,0 moliyaviy hamkorlikning kuzatish tadbirlarini muvofiqlashtirish xizmatlari 115,0 115,0 muhandis-pedagog kadrlarni oʻqitish 585,0 585,0 yetkazib beriladigan uskunalarga texnik xizmat koʻrsatish va qarash tizimini joriy qilish 150,0 150,0 kredit boʻyicha foizlarni toʻlash 1408,95 1408,95 kredit boʻyicha majburiyat komissiyasini toʻlash 35,01 35,01 koʻzda tutilmagan xarajatlar ** 750,0 600,0 150,0 1.2. Milliy valyutadagi xarajatlar (ekvivalentda) jami, shundan: 119,21 119,21 Loyihani amalga oshirish guruhi (LAG) taʼminoti 28,28 28,28 moliyaviy chiqimlar: 90,93 90,93 yuk deklaratsiyasi (uskuna summasidan 0,2 foiz) 13,74 13,74 tovarlarni bojxona omborida saqlash (uskuna summasidan 0,1 foiz) 6,87 6,87 yukni sertifikatlash (uskunaning miqdoridan 0,1 foiz) 6,87 6,87 bojxona rasmiylashtiruvi (uskuna summasidan 0,2 foiz) 13,74 13,74 tovarni tashish va sugʻurta qilish (bojxona terminalidan kasb-hunar kollejlarigacha) 48,71 48,71 TIF TN kodlarini aniqlash 1,0 1,0 2. Joriy qilish obyektlari*** 30 kasb-hunar kollejlarini jihozlash 3. Loyihani amalga oshirish muddati 24 oy 4. Tashkil etiladigan asosiy fondlar qiymati 7000,0 5. Kreditni uzish muddati 40 yil
* Yakuniy qiymat koʻrsatkichlari kontraktlarni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazishda belgilanadi.
** Kreditning taqsimlanmagan qismi KfW bilan kelishgandan soʻng va tender komissiyasi tasdiqlangandan keyin qoʻshimcha kollejlarni jihozlashga yoʻnaltiriladi.
*** Kasb-hunar kollejlarining yakuniy soni tender natijalari boʻyicha belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 30-apreldagi PQ-852-son qaroriga 2-ILOVA
“Qurilish va uy-joy-kommunal xoʻjaligi sohasida kasb-hunar taʼlimini rivojlantirishga koʻmaklashish” loyihasini amalga oshirish uchun taqdim qilinadigan Germaniya taraqqiyot banki (KfW)ning krediti boʻyicha foizlar va komissiyalar toʻlash, kreditni soʻndirish
PROGNOZ JADVALI
Kredit miqdori 8 000 000 yevro Kreditni uzish muddati 40 yil Imtiyozli davr 10 yil Foiz stavkasi yillik 0,75 foiz Majburiyat komissiyasi foizda kredit summasidan yillik 0,25 foiz Toʻlov muddati Tanlash Asosiy qarzni toʻlash summasi Asosiy qarz qoldigʻi Foizlarni toʻlash Majburiyat komissiyasi Jami toʻlanadigan summa* 2007-yil 14-iyul 2008-yil 30-iyun 0,0 0,00 19055,56 2008-yil 1-sentabr 2000000,00 2000000,0 0,00 3500,00 2008-yil 30-dekabr 2000000,00 4000000,0 4958,33 27513,89 32472 2009-yil 30-iyun 2000000,00 6000000,0 15000,00 5000,00 20000 2009-yil 30-dekabr 2000000,00 8000000,0 22500,00 2500,00 25000 2010-yil 30-iyun 8000000,0 30000,00 0,00 30000 2010-yil 30-dekabr 8000000,0 30000,00 30000 2011-yil 30-iyun 8000000,0 30000,00 30000 2011-yil 30-dekabr 8000000,0 30000,00 30000 2012-yil 30-iyun 8000000,0 30000,00 30000 2012-yil 30-dekabr 8000000,0 30000,00 30000 2013-yil 30-iyun 8000000,0 30000,00 30000 2013-yil 30-dekabr 8000000,0 30000,00 30000 2014-yil 30-iyun 8000000,0 30000,00 30000 2014-yil 30-dekabr 8000000,0 30000,00 30000 2015-yil 30-iyun 8000000,0 30000,00, 30000 2015-yil 30-dekabr 8000000,0 30000,00 30000 2016-yil 30-iyun 8000000,0 30000,00 30000 2016-yil 30-dekabr 8000000,0 30000,00 30000 2017-yil 30-iyun 8000000,0 30000,00 30000 2017-yil 30-dekabr 133000,00 7867000,0 30000,00 163000 2018-yil 30-iyun 133000,00 7734000,0 29501,25 162501 2018-yil 30-dekabr 133000,00 7601000,0 29002,50 162003 2019-yil 30-iyun 133000,00 7468000,0 28503,75 161504 2019-yil 30-dekabr 133000,00 7335000,0 28005,00 161005 2020-yil 30-iyun 133000,00 7202000,0 27506,25 160506 2020-yil 30-dekabr 133000,00 7069000,0 27007,50 160008 2021-yil 30-iyun 133000,00 6936000,0 26508,75 159509 2021-yil 30-dekabr 133000,00 6803000,0 26010,00 159010 2022-yil 30-iyun 133000,00 6670000,0 25511,25 158511 2022-yil 30-dekabr 133000,00 6537000,0 25012,50 158013 2023-yil 30-iyun 133000,00 6404000,0 24513,75 157514 2023-yil 30-dekabr 133000,00 6271000,01 24015,00 157015 2024-yil 30-iyun 133000,00 6138000,0 23516,25 156516 2024-yil 30-dekabr 133000,00 6005000,0 23017,50 56018 2025-yil 30-iyun 133000,00 5872000,0 22518,75 155519 2025-yil 30-dekabr 133000,00 5739000,0 22020,00 155020 2026-yil 30-iyun 133000,00 5606000,0 21521,25 154521 2026-yil 30-dekabr 133000,00 5473000,0 21022,50 154023 2027-yil 30-iyun 133000,00 5340000,0 20523,75 153524 2027-yil 30-dekabr 133000,00 5207000,0 20025,00 153025 2028-yil 30-iyun 133000,00 5074000,0 19526,25 152526 2028-yil 30-dekabr 133000,00 4941000,0 19027,50 152028 2029-yil 30-iyun 133000,00 4808000,0 18528,75 151529 2029-yil 30-dekabr 133000,00 4675000,0 18030,00 151030 2030-yil 30-iyun 133000,00 4542000,0 17531,25 150531 2030-yil 30-dekabr 133000,00 4409000,0 17032,50 150033 2031-yil 30-iyun 133000,00 4276000,0 16533,75 149534 2031-yil 30-dekabr 133000,00 4143000,0 16035,00 149035 2032-yil 30-iyun 133000,00 4010000,0 15536,25 148536 2037-yil 30-dekabr 133000,00 3877000,0 15037,50 148038 2033-yil 30-iyun 133000,00 3744000,0 14538,75 147539 2033-yil 30-dekabr 133000,00 3611000,0 14040,00 147040 2034-yil 30-iyun 133000,00 3478000,0 13541,25 146541 2034-yil 30-dekabr 133000,00 3345000,0 13042,50 146043 2035-yil 30-iyun 133000,00 3212000,0 12543,75 145544 2035-yil 30-dekabr 133000,00 3079000,0 12045,00 145045 2036-yil 30-iyun 133000,00 2946000,0 11546,25 144546 2036-yil 30-dekabr 133000,00 2813000,0 11047,50 144048 2037-yil 30-iyun 133000,00 2680000,0 10548,75 143549 2037-yil 30-dekabr 134000,00 2546000,0 10050,00 144050 2038-yil 30-iyun 134000,00 2412000,0 9547,50 143548 2038-yil 30-dekabr 134000,00 2278000,0 9045,00 143045 2039-yil 30-iyun 134000,00 2144000,0 8542,50 142543 2039-yil 30-dekabr 134000,00 2010000,0 8040,00 142040 2040-yil 30-iyun 34000,00 1876000,0 7537,50 141538 2040-yil 30-dekabr 134000,00 1742000,0 7035,00 141035 2041-yil 30-iyun 134000,00 1608000,0 6532,50 140533 2041-yil 30-dekabr 134000,00 1474000,0 6030,00 140030 2042-yil 30-iyun 34000,00 1340000,0 5527,50 139528 2042-yil 30-dekabr 34000,00 1206000,0 5025,00 139025 2043-yil 30-iyun 34000,00 1072000,0 4522,50 138523 2043-yil 30-dekabr 134000,00 938000,0 4020,00 138020 2044-yil 30-iyun 134000,00 804000,0 3517,50 137518 2044-yil 30-dekabr 34000,00 670000,0 3015,00 137015 2045-yil 30-iyun 34000,00 536000,0 2512,50 136513 2045-yil 30-dekabr 134000,00 402000,0 2010,00 136010 2046-yil 30-iyun 134000,00 268000,0 1507,50 135508 2046-yil 30-dekabr 134000,00 134000,0 1005,00 135005 2047-yil 30-iyun 134000,00 0,0 502,50 134503 Jami 00000000000 08000000,00 00000000000 01408958,30 00000000000 09443972,20
* Asosiy qarz, foizlar va komissiyalar boʻyicha toʻlovlar summasi kreditni haqiqatda oʻzlashtirilganligiga qarab aniqlashtiriladi.
