Bolalar sport inshootlari, umumtaʼlim maktablari hamda kollej va akademik litseylarning sport zallarini sport anjomlari va jihozlari bilan taʼminlash meʼyorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (2039-son)
11.11.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Oʻzstandart” agentligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 11-noyabrda 2039-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 20-yanvardagi PQ-1042 sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasining 2009-yil bolalar sport inshootlari, suzish havzalari va musiqa va sanʼat maktablari qurilish manzilli dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi qaror qiladi:
1. Bolalar sport inshootlari, umumtaʼlim maktablari, kollej va akademik litseylarning sport zallarini sport anjomlari va jihozlari bilan taʼminlash meʼyorlari hamda sport anjomlari va jihozlaridan foydalanish muddatlari 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Xalq taʼlimi vaziri Gʻ. ShOUMAROV
Toshkent sh.,
2009-yil 28-sentabr,
39-son
Madaniyat va sport ishlari vaziri A. JABBOROV
Toshkent sh.,
2009-yil 28-sentabr,
43-son
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 28-sentabr,
335-son
Iqtisodiyot vaziri S. BEKENOV
Toshkent sh.,
2009-yil 28-sentabr,
83-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 28-sentabr,
94-son
“Oʻzstandart” agentligi bosh direktori A. ABDUVALIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 28-sentabr,
4-P-son
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Oʻzstandart” agentligining 2009-yil 28-sentabrdagi 39, 43, 335, 83, 94, 4-P-son qaroriga 1-ILOVA
1-TIP Bolalar sport inshootining jihozlash meʼyori
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Oʻzstandart” agentligining 2009-yil 28-sentabrdagi 39, 43, 335, 83, 94, 4-P-son qaroriga 2-ILOVA
2-TIP Bolalar sport inshootining jihozlash meʼyori
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Oʻzstandart” agentligining 2009-yil 28-sentabrdagi 39, 43, 335, 83, 94, 4-P-son qaroriga 3-ILOVA
3-TIP Bolalar sport inshootining jihozlash meʼyori
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzstandart” agentligining 2009-yil 28-sentabrdagi 39, 43, 335, 83, 94, 4-P-son qaroriga 4-ILOVA
4-TIP Bolalar sport inshootining jihozlash meʼyori
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzstandart” agentligining 2009-yil 28-sentabrdagi 39, 43, 335, 83, 94, 4-P-son qaroriga 5-ILOVA
5-TIP Bolalar sport inshootining jihozlash meʼyori
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzstandart” agentligining 2009-yil 28-sentabrdagi 39, 43, 335, 83, 94, 4-P-son qaroriga 6-ILOVA
Rekonstruksiya qilingan bolalar sport inshootining jihozlash meʼyori (minimal talabnoma)
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzstandart” agentligining 2009-yil 28-sentabrdagi 39, 43, 335, 83, 94, 4-P-son qaroriga 7-ILOVA
Umumtaʼlim maktablarining sport zallarini jihozlash meʼyori
T/r Sport anjomlari nomi Oʻlchov birligi Sport zallarining oʻlchami Foydalanish vaqti 9 x 18 12 x 24 18 x 30 1. Tibbiyot qutichasi komplekt 1 1 1 Ishlatilish vaqtigacha 2. Gimnastika eshagi dona 1 1 1 5 yil 3. Tutqichli gimnastika oti dona 1 1 1 5 yil 4. Tayanib sakrash uchun ot dona 1 1 1 5 yil 5. Gimnastika skameykasi dona 4 4 6 5 yil 6. Turnik (perekladina) komplekt 1 1 1 5 yil 7. Parallel bruss dona 1 1 1 5 yil 8. Gimnastika yakka toʻsini dona 1 1 1 5 yil 9. Gimnastika depsinish koʻprigi dona 1 1 1 5 yil 10. Gimnastika kolsasi komplekt 2 2 2 5 yil 11. Tirmashib chiqish arqoni dona 1 2 2 3 yil 12. Shved narvoni dona 4 4 6 5 yil 13. Gimnastika toʻshamasi dona 8 10 14 3 yil 14. Turli ogʻirlikdagi gantellar (2 kg, 4 kg, 6 kg, 8 kg) juft 5 8 10 5 yil 15. Gimnastika gardishi dona 10 15 30 3 yil 16. Gimnastika tayoqlari dona 10 15 30 3 yil 17. Sekundomer dona 2 2 2 5 yil 18. Yengil atletika kolodkalari dona 2 2 2 5 yil 19. Futbol toʻpi dona 10 15 20 6 oy 20. Basketbol toʻpi dona 10 15 20 6 oy 21. Voleybol toʻpi dona 10 15 20 6 oy 22. Gandbol toʻpi dona 10 15 20 1 yil 23. Voleybol ustunlari (setkasi bilan) komplekt 2 2 2 5 yil 24. Nasos dona 2 3 4 5 yil 25. Shaxmat soati dona 3 4 5 5 yil 26. Basketbol shiti (savati va setkasi bilan) dona 2 2 2 5 yil 27. Shaxmat dona 3 4 5 5 yil 28. Shashka dona 3 4 5 4 yil 29. Tennis stoli (raketka va setkasi bilan) komplekt 2 4 4 5 yil 30. Tennis stoli toʻpi dona 75 100 100 1 oy 31. Armrestling uchun stol dona 1 1 1 6 yil 32. Turli ogʻirlikdagi toshlar (8 kg, 16 kg — har biri boʻyicha) dona 2 3 3 5 yil 33. Yengil atletika uchun estafeta tayoqchalari dona 10 15 20 3 yil 34. Futbol darvozalari komplekt 1 1 1 3 yil
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzstandart” agentligining 2009-yil 28-sentabrdagi 39, 43, 335, 83, 94, 4-P-son qaroriga 8-ILOVA
Kollej va akademik litseylarning sport zallarini jihozlash meʼyori
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 46-son, 502-modda; 2015-y., 6-son, 70-modda)
