Islom taraqqiyot banki, Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi va OPEK xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida “Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida irrigatsiya-drenaj tarmoqlarini tiklash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-1215-son)
29.10.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi sugʻoriladigan yerlarda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini barqaror rivojlantirishni taʼminlash irrigatsiya-melioratsiya kompleksidan foydalanish samaradorligin oshirish, shuningdek Islom taraqqiyot banki, Quvayt arab iqtisodi taraqqiyot jamgʻarmasi va OPEK xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi bila hamkorlikni kengaytirish maqsadida:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, “Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida irrigatsiya-drenaj tarmoqlarini tiklash” loyihasini amalga oshirish uchun:
Islom taraqqiyot banki (ITB) bilan besh yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, muddati 17 yil boʻlgan, 52,65 mln. AQSh dollariga teng miqdorda moliyaviy mablagʻlarni berish toʻgʻrisida Istisno Shartnomasi va Agentlik bitimi imzolandi;
OPEK xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi bilan besh yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, muddati 20 yil boʻlgan, 12,72 mln. AQSh dollariga teng miqdorda qarz berish toʻgʻrisida qarz bitimi imzolandi;
Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi (QAITJ) olti yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, muddati 21 yil boʻlgan, 4,34 mln. quvayt dinori (ekvivalenti 15,62 mln. AQSh dollariga teng) miqdorida Oʻzbekiston Respublikasiga qarz berilishini maʼqulladi;
Oʻzbekiston Respublikasining mazkur loyihani amalga oshirishdagi ulushi 13,34 mln. AQSh dollari ekvivalentini, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan bajariladigan ishlar hajmi 5,22 mln. AQSh dollarini hamda “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash. Faza-2” loyihasi doirasida — 2,66 mln. AQSh dollari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari — 5,46 mln. AQSh dollarini tashkil etadi.
Loyihani 2009 — 2014-yillar davri mobaynida amalga oshirish belgilab qoʻyilgan.
2. Belgilansinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi jalb etiladigan kredit mablagʻlaridan maqsadli foydalanish hamda ushbu loyihaning samarali amalga oshirilishi uchun javobgar boʻlgan ijro etuvchi agentlik hisoblanadi;
KAITJ va OPEK Jamgʻarmasining qarzlari boʻyicha foizlar va komissiyalarni, qarzlarni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar, shuningdek ITB tomonidan ajratilayotgan moliyaviy mablagʻlarni, ustama narxni ham hisobga olgan holda qaytarish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻi hisobidan amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar:
“Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida irrigatsiya-drenaj tarmoqlarini tiklash” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari bilan texnik-iqtisodiy asosi 1-ilovaga muvofiq;
“Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida irrigatsiya-drenaj tarmoqlarini tiklash” loyihasini qismlar, manbalar va yillar boʻyicha moliyalashtirish rejasi 2-ilovaga muvofiq;
ITBning moliyaviy mablagʻlarini qaytarish, KAITJ va OPEK Jamgʻarmasining qarzlari boʻyicha foizlar va komissiyalarni, qarzlarni toʻlash jadvali 3, 4 va 5 ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri KAITJ bilan tuzilgan Qarz bitimini Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolashga vakil etib tayinlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan ITB oʻrtasidagi Istisno Shartnomasi va Agentlik bitimi, Oʻzbekiston Respublikasi bilan KAITJ oʻrtasidagi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi bilan OPEK Jamgʻarmasi oʻrtasidagi qarz bitimlari boʻyicha yuridik xulosalarni bersin.
6. “Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida irrigatsiya-drenaj tarmoqlarini tiklash” loyihasini amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish uchun 6-ilovaga muvofiq tarkibda Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzilsin.
Muvofiqlashtiruvchi kengash zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:
loyiha doirasida alohida ustuvor loyihalarni sifatli tanlash, ekspertizadan oʻtkazish va oʻz vaqtida amalga oshirishga tayyorlash, ajratiladigan mablagʻlardan samarali foydalanishni nazorat qilish;
loyihani amalga oshirish doirasida tovarlar, ishlar (xizmatlar) xarid qilish boʻyicha tender komissiyalari tarkibini tasdiqlash;
loyihaning amalga oshirilishini muntazam koʻrib borish va zarur hollarda ularning samarali hamda oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi ikki hafta muddatda Toshkent shahrida loyihani boshqarish guruhi tuzilishini taʼminlasin, uning zimmasiga loyihani muvofiqlashtirish va boshqarish vazifalari yuklansin, shuningdek Guliston va Jizzax shaharlarida loyihani amalga oshiruvchi ikkita guruh tashkil qilsin hamda ularning lavozimlar roʻyxatini va ular faoliyatini moliyalashtirishning har yilgi smetasini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan albatta kelishib olsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimlari zimmasiga loyiha tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlash, shuningdek ITB, KAITJ va OPEK Jamgʻarmasi tartib-qoidalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq zarur hisobotlar va hujjatlarni oʻz vaqtida tayyorlash hamda taqdim etishni tashkil qilish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish Departamenti 2010-yildan boshlab, har yili investitsiya dasturlarini shakllantirishda mazkur loyihani amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining ulushini moliyalashtirishni nazarda tutsin.
10. Loyihani amalga oshirish davrida mazkur loyiha doirasida ITB mablagʻlari, KAITJ va OPEK Jamgʻarmasi qarzlari hisobidan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar), transport vositalari bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari), qoʻshilgan qiymat soligʻidan, maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlanadigan majburiy ajratmalardan ozod etilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi ushbu loyiha doirasida belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin hamda loyiha va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish sifati ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining talabnomalariga koʻra, mazkur loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarning kirish vizalari konsullik va boshqa yigʻimlar undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining talabnomalariga koʻra, ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek vaqtincha roʻyxatda turish va uning muddatini uzaytirishni taʼminlasin hamda ular davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.
14. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 29-oktabr,
PP 1215-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-oktabrdagi PQ-1215-son qaroriga 1-ILOVA
“Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida irrigatsiya-drenaj tarmoqlarini tiklash” loyihasi texnik-iqtisodiy asosining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari
T/r Koʻrsatkichlar nomlanishi Oʻlchov birligi Jami* shu jumladan: kreditlar budjet mablagʻlari ITB QAITJ OPEK jamgʻarmasi 1. Loyihaning umumiy qiymati ming AQSh dollari ekv. 120 248,4 52 649,0 15 624,0 12 723,0 39 252,4 shu jumladan: investitsiya davridan keyingi moliyaviy xarajatlar ming AQSh dollari 23 212,3 23 212,3 2. Kapital qoʻyilmalar summasi, jami ming AQSh dollari ekv. 97 036,1 52 649,0 15 624,0 12 723,0 16 040,1 shu jumladan: 2.1. Chet el valyutasidagi kapital qoʻyilmalar, jami ming AQSh dollari 70 561,1 44 915,2 12 814,7 10 129,0 2 702,1 shundan: 2.1.1. uskuna va quvurlar xarid qilish ming AQSh dollari 11227,3 11227,3 shu jumladan: nasos uskunasi 10 471,3 10471,3 quvurlar 756,0 756,0 2.1.2. qurilish-montaj ishlari 41 281,8 23 767,0 9 745,0 7 769,8 2.1.3. loyihaning atrof-muhitga taʼsirini baholash 80,0 80,0 2.1.4. loyihani boshqarish 208,2 126,4 81,8 2.1.5. qishloq xoʻjaligi sohasi boʻyicha yordam koʻrsatish xizmatlari 300,0 300,0 2.1.6. namoyish uchastkalari va oʻqitish vositalari 500,0 500,0 shu jumladan: qishloq xoʻjaligi texnikalari va ehtiyot qismlar xarid qilish 260,6 260,6 2.1.7. suvdan foydalanuvchilar uyushmalari faoliyatini yaxshilash 300,0 300,0 2.1.8. konsalting xizmatlari 3 600,0 3 600,0 2.1.9. Loyihani ishga tushirishda seminar, tanishtiruv tashrifi 30,0 30,0 2.1.10. loyihaning moliyaviy auditi 50,0 50,0 2.1.11. koʻzda tutilmagan jismoniy va narx bilan bogʻliq xarajatlar 9 291,5 6 114,5 1 699,5 1 477,4 2.1.12. Loyiha TIAsi boʻyicha yakuniy hisoboti tayyorlashda texnik koʻmak koʻrsatish 990,2 990,2 2.1.13. investitsiya davridagi moliyaviy sarf-xarajatlar 2702,1 2702,1 2.2. Milliy valyutada kapital qoʻyilmalar (ekvivalentda), jami ming AQSh dollari ekvivalentida 26 475,0 7 733,8 2 809,3 2 594,0 13 337,9 shundan: 2.2.1. quvurlar xarid qilish ming AQSh dollari ekvivalentida 84,0 84,0 2.2.2. qurilish-montaj ishlari 21 113,6 5 402,0 2 436,2 1 942,5 11332,9 2.2.3. loyihani boshqarish 967,9 505,6 327,2 135,1 shu jumladan: yagona ijtimoiy toʻlov 135,1 135,1 2.2.4. konsalting xizmatlari 400,0 400,0 2.2.5. koʻzda tutilmagan jismoniy va narx bilan bogʻliq xarajatlar 3 909,5 1342,2 373,1 324,3 1 869,9 3. Tashkil etilayotgan asosiy fondlar qiymati ming AQSh dollari ekvivalentida 93 249,4 4. Korxona quvvati: 4.1. loyihada koʻrsatilgan sugʻoriladigan yerlar ming gektar 432,3 shundan: Jizzax viloyati 210,1 Sirdaryo viloyati 222,2 5. Band qilinadiganlar taxminiy soni ming kishi 93 6. Loyiha xarajatlari qoplanishining hisob-kitob qilingan muddati yil 9,4 7. Investitsiya davrining davomiyligi yil 5 yil (2009-yil II yarim yillik — 2014-yil I yarim yillik) 8. Qarzni soʻndirish muddati yil 17 21 20 shu jumladan: asosiy qarz boʻyicha imtiyozli davr 5 6 5
* Koʻrsatkichlarning yakuniy qiymati oʻtkazilgan tender (tanlov) savdolari, qurilish ishlarini batafsil rejalashtirish natijalariga koʻra, shuningdek, qarz mablagʻlari oʻzlashtirishning haqiqiy summasi va sanasiga qarab aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-oktabrdagi PQ-1215-son qaroriga 2-ILOVA
“Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida irrigatsiya-drenaj tarmoqlarini tiklash” loyihasini qismlar, manbalar va yillar boʻyicha moliyalashtirish
REJASI
Qismlar nomlanishi 2009-yil 2010-yil 2011-yil 2012-yil 2013-yil 2014-yil Jami shu jumladan: kreditlar budjet mablagʻlari ITB QAITJ OPEK jamgʻarmasi 1. Irrigatsiya va drenaj infratuzilmasini tiklash 1 200,0 11 580,8 23 579,9 21 562,1 11 750,0 4 033,8 73 706,6 40 480,3 12 181,2 9 712,3 11 332,9 Jizzax viloyatida Arnasoy suv omboridan Janubiy Mirzachoʻl (Yujnogolodnostep) kanali zonasiga suv chiqarish uchun 3-nasos stansiyasini qurish. 8 939,0 5 907,3 783,0 15 629,3 15 629,3 Jizzax viloyatida xoʻjaliklararo M-2 mashina kanalini qurish 1211,6 6 016,5 4 805,0 12 033,0 12 033,0 Sirdaryo viloyatidagi xoʻjaliklararo kanallarni rekonstruksiya qilish 3 447,9 3 815,7 2 634,5 428,4 10 326,5 3 470,9 6 855,6 Jizzax viloyatidagi magistral kollektorni rekonstruksiya qilish 1 427,8 1 617,6 1 213,9 500,0 4 759,3 4 759,3 Sirdaryo viloyatidagi xoʻjaliklararo kollektorlarni rekonstruksiya qilish 1 200,0 1 430,2 4 972,7 6 030,4 4 352,8 1 219,6 19 205,7 12 181,2 4 394,3 2 630,2 Sirdaryo viloyatida ichki xoʻjalik sugʻorish va kollektor-drenaj tarmogʻini rekonstruksiya qilish 514,7 3 217,6 2 717,6 1 608,8 8 058,7 8 058,7 Sirdaryo viloyatidagi vertikal drenajni rekonstruksiya qilish 1 293,0 1 293,0 831,2 277,1 3 694,2 1 847,1 1 847,1 2. Loyihaning atrof-muhitga taʼsirini baholash 9,2 19,1 19,1 19,1 13,5 80,0 80,0 3. Loyihani boshqarish 241,3 205,8 205,8 199,1 199,1 125,0 1176,1 632,0 409,0 135,1 shu jumladan: yagona ijtimoiy toʻlov 5,3 29,0 29,0 27,7 27,7 16,4 135,1 135,1 4. Qishloq xoʻjaligi sohasi boʻyicha yordam koʻrsatish xizmatlari 116,4 91,8 91,8 300,0 300,0 5. Namoyish uchastkalari va oʻqitish vositalari 380,4 59,8 59,8 500,0 500,0 6. Suvdan foydalanuvchilar uyushmalari faoliyatini yaxshilash 140,1 80,1 79,8 300,0 300,0 7. Konsalting xizmatlari 1 460,0 1112,3 842,2 452,8 132,7 4 000,0 4 000,0 8. Loyihani ishga tushirishda seminar, tanishtiruv tashrifi 30,0 30,0 30,0 9. Loyihaning moliyaviy auditi 10,0 10,0 10,0 10,0 10,0 50,0 50,0 Jami 1 441,3 13 932,7 25 158,8 22 863,9 12 431,0 4 315,0 80 142,7 45 192,3 12 561,2 10 921,3 11 468,0 Koʻzda tutilmagan jismoniy va narx bilan bogʻliq xarajatlar (16,5 foiz) 236,9 2 294,1 4 146,4 3 767,9 2 046,5 709,3 13 201,0 7 456,7 2 072,6 1 801,7 1 869,9 Loyiha TIAsi boʻyicha yakuniy hisobotni tayyorlashda texnik koʻmak koʻrsatish 990,2 990,2 990,2 Loyiha boʻyicha jami 1 678,2 17 217,0 29 305,1 26 631,9 14 477,5 5 024,3 94 333,9 52 649,0 15 624,0 12 723,0 13 337,9
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-oktabrdagi PQ-1215-son qaroriga 3-ILOVA
“Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida irrigatsiya-drenaj tarmoqlarini tiklash” loyihasini bajarish uchun ITB tomonidan taqdim etilgan moliyaviy mablagʻlarni qaytarish
JADVALI
ITB taqdim etgan moliyaviy mablagʻlar summasi 52 649,0 ming AQSh dollari ITB moliyaviy mablagʻlari boʻyicha ustama stavka LIBOR + 55 bazis punktlarda (hisob-kitoblardan yillik 4,88 foiz) Moliyaviy mablagʻlarni qaytarish muddati 17 yil Imtiyozli davr 5 yil Sotish narxi 56 821,4 ming AQSh dollari* Toʻlov sanasi Sotish narxining toʻlov summasi Ustama toʻlovi summasi Jami toʻlanishi lozim boʻlgan summa** 2009-yil II yarim yillik Imtiyozli davr 2010-yil I yarim yillik 2010-yil II yarim yillik 2011-yil I yarim yillik 2011-yil II yarim yillik 2012-yil I yarim yillik 2012-yil II yarim yillik 2013-yil I yarim yillik 2013-yil II yarim yillik 2014-yil I yarim yillik 2014-yil II yarim yillik 1 776 805,0 1 369 395,6 3 146 200,6 2015-yil I yarim yillik 1819 989,2 1 326 574,6 3 146 563,8 2015-yil II yarim yillik 1 863 741,7 1 282 712,8 3 146 454,5 2016-yil I yarim yillik 1 908 630,6 1 237 796,7 3 146 427,3 2016-yil II yarim yillik 1 954 655,9 1 191 798,7 3 146 454,6 2017-yil I yarim yillik 2 001 817,7 1 144 691,5 3 146 509,2 2017-yil II yarim yillik 2 050 115,9 1 096 447,7 3 146 563,5 2018-yil I yarim yillik 2 099 550,5 1 047 039,9 3 146 590,3 2018-yil II yarim yillik 2 150 121,5 996 440,7 3 146 562,2 2019-yil I yarim yillik 2 201829,0 944 622,8 3 146 451,8 2019-yil II yarim yillik 2 255 241,1 891 558,7 3 146 799,8 2020-yil I yarim yillik 2 309 221,4 837 207,4 3 146 428,8 2020-yil II yarim yillik 2 364 906,4 781 555,1 3 146 461,5 2021-yil 1-yarim yillik 2 422 296,0 724 560,9 3 146 856,9 2021-yil II yarim yillik 2 480 822,0 666 183,6 3 147 005,6 2022-yil I yarim yillik 2 540 484,5 606 395,8 3 147 005,6 2022-yil II yarim yillik 2 601 851,6 545 170,1 3 147 021,7 2023-yil II yarim yillik 2 664 355,1 482 465,5 3 146 820,6 2023-yil II yarim yillik 2 728 563,3 418 254,5 3 146 817,8 2024-yil I yarim yillik 2 794 476,1 352 496,1 3 146 972,2 2024-yil II yarim yillik 2 861 525,4 285 149,2 3 146 674,6 2025-yil I yarim yillik 2 931415,7 216 186,5 3 147 602,2 2025-yil II yarim yillik 3 001 306,0 145 539,4 3 146 845,4 2026-yil I yarim yillik 3 037 671,7 73 207,9 3 110 879,6 Jami 56 8213933 18 663 4513 75 484 844,5
* Sotish narxining haqiqiy summasi imtiyozli davr tugagach ITB moliyaviy mablagʻlaridan foydalanilgandan soʻng, tanlab olishning amaldagi sanasi va summasiga muvofiq aniqlanadi.
** Toʻlovlar summasi ustama narx boʻyicha LIBOR stavkasi oʻzgarishidan kelib chiqib aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-oktabrdagi PQ-1215-son qaroriga 4-ILOVA
“Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida irrigatsiya-drenaj tarmoqlarini tiklash” loyihasi boʻyicha QAITJ qarzlarini soʻndirish
JADVALI
Qarz summasi 15 624,0 ming AQSh dollari * Qarzni soʻndirish muddati 21 yil Imtiyozli davr 6 yil Foiz stavkasi yillik 2,0 foiz Maʼmuriy xarajatlarni qoplash yillik 0,5 foiz AQSh dollari Toʻlov sanasi** Asosiy qarzni toʻlash summasi*** Foizlarni toʻlash summasi*** Maʼmuriy xarajatlarni qoplash uchun komissiya *** Jami toʻlanadigan summa 2010-yil 15-aprel Imtiyozli davr 2010-yil 15-oktabr 10 633,6 2 658,4 13 292,0 2011-yil 15-aprel 11365,2 2 841,3 14 206,5 2011-yil 15-oktabr 33 297,9 8 324,5 41 622,4 2012-yil 15-aprel 55 230,6 13 807,7 69 038,3 2012-yil 15-oktabr 80 764,9 20 191,2 100 956,1 2013-yil 15-aprel 106 299,1 26 574,8 132 873,9 2013-yil 15-oktabr 124 086,6 31 021,7 155 108,3 2014-yil 15-aprel 141 874,0 35 468,5 177 342,5 2014-yil 15-oktabr 149 057,0 37 264,3 186 321,3 2015-yil 15-aprel 156 240,0 39 060,0 195 300,0 2015-yil 15-oktabr 156 240,0 39 060,0 195 300,0 2016-yil 15-aprel 520 800,0 156 240,0 39 060,0 716 100,0 2016-yil 15-oktabr 520 800,0 151 032,0 37 758,0 709 590,0 2017-yil 15-aprel 520 800,0 145 824,0 36 456,0 703 080,0 2017-yil 15-oktabr 520 800,0 140 616,0 35 154,0 696 570,0 2018-yil 15-aprel 520 800,0 135 408,0 33 852,0 690 060,0 2018-yil 15-oktabr 520 800,0 130 200,0 32 550,0 683 550,0 2019-yil 15-aprel 520 800,0 124 992,0 31 248,0 677 040,0 2019-yil 15-oktabr 520 800,0 119 784,0 29 946,0 670 530,0 2020-yil 15-aprel 520 800,0 114 576,0 28 644,0 664 020,0 2020-yil 15-oktabr 520 800,0 109 368,0 27 342,0 657 510,0 2021-yil 15-aprel 520 800,0 104 160,0 26 040,0 651 000,0 2021-yil 15-oktabr 520 800,0 98 952,0 24 738,0 644 490,0 2022-yil 15-aprel 520 800,0 93 744,0 23 436,0 637 980,0 2022-yil 15-oktabr 520 800,0 88 536,0 22 134,0 631 470,0 2023-yil 15-aprel 520 800,0 83 328,0 20 832,0 624 960,0 2023-yil 15-oktabr 520 800,0 78 120,0 19 530,0 618 450,0 2024-yil 15-aprel 520 800,0 72 912,0 18 228,0 611 940,0 2024-yil 15-oktabr 520 800,0 67 704,0 16 926,0 605 430,0 2025-yil 15-aprel 520 800,0 62 496,0 15 624,0 598 920,0 2025-yil 15-oktabr 520 800,0 57 288,0 14 322,0 592 410,0 2026-yil 15-aprel 520 800,0 52 080,0 13 020,0 585 900,0 2026-yil 15-oktabr 520 800,0 46 872,0 11718,0 579 390,0 2027-yil 15-aprel 520 800,0 41 664,0 10 416,0 572 880,0 2027-yil 15-oktabr 520 800,0 36 456,0 9 114,0 566 370,0 2028-yil 15-aprel 520 800,0 31 248,0 7 812,0 559 860,0 2028-yil 15-oktabr 520 800,0 26 040,0 6 510,0 553 350,0 2029-yil 15-aprel 520 800,0 20 832,0 5 208,0 546 840,0 2029-yil 15-oktabr 520 800,0 15 624,0 3 906,0 540 330,0 2030-yil 15-aprel 520 800,0 10 416,0 2 604,0 533 820,0 2030-yil 15-oktabr 520 800,0 5 208,0 1 302,0 527 310,0 Jami 15 624 000,0 3 446 808,9 861 702,2 19932 511,1
* QAITJ qarzi 4 340 000 quvayt dinorini (15 624, 0 ming AQSh dollari) tashkil qilib, bunga Bitim kuchga kirguncha Jamgʻarma tomonidan loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishini tuzish boʻyicha konsalting xizmatlari qiymatini qoplash uchun taqdim etilgan, qarz mablagʻlaridan foydalanish uchun birinchi buyurtmani olish sanasiga Qarz mablagʻlaridan foydalanilgan deb hisoblanishi kerak boʻlgan summa ham kiradi.
** Qarzni tanlab olish davri prognoz xarakterga ega boʻlib, Qarz shartnomasining kuchga kirish sanasiga bogʻliq.
*** Toʻlovlar summasiga qarzning amalda oʻzlashtirilishiga qarab aniqlik kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-oktabrdagi PQ-1215-son qaroriga 5-ILOVA
“Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida irrigatsiya-drenaj tarmoqlarini tiklash” loyihasi boʻyicha OPEK jamgʻarmasining qarzlarini soʻndirish, foizlar va komissiyalarni toʻlash
JADVALI
Qarz summasi 12 723,0 ming AQSh dollari Qarzni soʻndirish muddati 20 yil Imtiyozli davr 5 yil Foiz stavkasi yillik 1,5 foiz Qarzning tanlangan va soʻndirilmagan qismidan xizmatlar uchun komissiya qarz summasidan 1,0 foiz AQSh dollari Toʻlov sanasi * Asosiy qarzni toʻlash summasi** Foizlarni toʻlash summasi** Maʼmuriy xarajatlarni qoplash uchun komissiya** Jami toʻlanadigan summa 2009-yil 15-dekabr imtiyozli davr 2010-yil 15-iyun 1 266,4 844,3 2 110,6 2010-yil 15-dekabr 3 784,4 2 522,9 6 307,3 2011-yil 15-iyun 6 302,3 4 201,6 10 503,9 2011-yil 15-dekabr 21 349,1 14 232,7 35 581,8 2012-yil 15-iyun 36 395,8 24 263,9 60 659,6 2012-yil 15-dekabr 54 967,4 36 644,9 91 612,3 2013-yil 15-iyun 73 539,0 49 026,0 122 565,0 2013-yil 15-dekabr 84 304,2 56 202,8 140 507,1 2014-yil 15-iyun 424 100,0 95 069,5 63 379,7 582 549,1 2014-yil 15-dekabr 424 100,0 92 241,8 61 494,5 577 836,3 2015-yil 15-iyun 424 100,0 89 061,0 59 374,0 572 535,0 2015-yil 15-dekabr 424 100,0 85 880,3 57 253,5 567 233,8 2016-yil 15-iyun 424 100,0 82 699,5 55 133,0 561 932,5 2016-yil 15-dekabr 424 100,0 79 518,8 53 012,5 556 631,3 2017-yil 15-iyun 424 100,0 76 338,0 50 892,0 551 330,0 2017-yil 15-dekabr 424 100,0 73 157,3 48 771,5 546 028,8 2018-yil 15-iyun 424 100,0 69 976,5 46 651,0 540 727,5 2018-yil 15-dekabr 424 100,0 66 795,8 44 530,5 535 426,3 2019-yil 15-iyun 424 100,0 63 615,0 42 410,0 530 125,0 2019-yil 15-dekabr 424 100,0 60 434,3 40 289,5 524 823,8 2020-yil 15-iyun 424 100,0 57 253,5 38 169,0 519 522,5 2020-yil 15-dekabr 424 100,0 54 072,8 36 048,5 514 221,3 2021-yil 15-iyun 424 100,0 50 892,0 33 928,0 508 920,0 2021-yil 15-dekabr 424 100,0 47 711,3 31 807,5 503 618,8 2022-yil 15-iyun 424 100,0 44 530,5 29 687,0 498 317,5 2022-yil 15-dekabr 424 100,0 41 349,8 27 566,5 493 0163 2023-yil 15-iyun 424 100,0 38 169,0 25 446,0 487 715,0 2023-yil 15-dekabr 424 100,0 34 988,3 23 325,5 482 413,8 2024-yil 15-iyun 424 100,0 31 807,5 21 205,0 477 112,5 2024-yil 15-dekabr 424 100,0 28 626,8 19 084,5 471 811,3 2025-yil 15-iyun 424 100,0 25 446,0 16 964,0 466 510,0 2025-yil 15-dekabr 424 100,0 22 265,3 14 843,5 461 208,8 2026-yil 15-iyun 424 100,0 19 084,5 12 723,0 455 907,5 2026-yil 15-dekabr 424 100,0 15 903,8 10 602,5 450 606,3 2027-yil 15-iyun 424 100,0 12 723,0 8 482,0 445 305,0 2027-yil 15-dekabr 424 100,0 9 542,3 6 361,5 440 003,8 2028-yil 15-iyun 424 100,0 6 361,5 4 241,0 434 702,5 2028-yil 15-dekabr 424 100,0 3 180,8 2 120,5 429401,3 Jami 12 723 000,0 1 760 6043 1 173 736,2 15 657 340,4
* Qarzni tanlab olish davri prognoz xarakterga ega boʻlib, Qarz shartnomasining kuchga kirish sanasiga bogʻliq.
** Toʻlovlar summasi qarzning amalda oʻzlashtirilishiga qarab aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-oktabrdagi PQ-1215-son qaroriga 6-ILOVA
“Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida irrigatsiya-drenaj tarmoqlarini tiklash” loyihasini amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash
TARKIBI
R.S. Azimov — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi Sh.R. Xamrayev — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Y.E. Tursunov — moliya vaziri oʻrinbosari A.X. Salimov — iqtisodiyot vaziri oʻrinbosari Sh.A. Tulyaganov — tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri oʻrinbosari M.A. Askarov — Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha yigʻma axborot tahlil departamenti mudiri oʻrinbosari S.A. Arabov — Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi N. Umarov — Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi M.I. Shadiyev — Arxitektura va qurilish davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari R.A. Mamutov — Vazirlar Mahkamasi qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va isteʼmol tovarlari boʻyicha axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi lavozim boʻyicha — “Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida irrigatsiya-drenaj tarmoqlarini tiklash” loyihasini boshqarish guruhi rahbarlari, Muvofiqlashtiruvchi kengash masʼul kotibi
Izoh: Muvofiqlashtiruvchi kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
