Oʻzbekiston SSJ hududida sotishdan olinadigan soliqqa doir imtiyozlar toʻgʻrisida (72-son)
28.03.1991
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Chakana narxlar oshirilishi munosabati bilan aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 4-martdagi 47-son qarori bilan tasdiqlangan sotishdan soliq olish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida Nizomning 18-punktidagi “e” bandi qisman oʻzgartirilib, aholiga sotiladigan quyidagi mahsulotlarga besh foizli soliq solinmasin:
non va nonbulka mahsulotlari;
yorma, shu jumladan, guruch;
makaron mahsulotlari;
oʻsimlik moyi;
sut mahsulotlari, shu jumladan, mol yogʻi;
goʻsht mahsulotlari;
tuxum;
qand-shakar;
sintetik kir yuvish vositalari;
kir sovun va atir sovun;
bolalarning ovqatlanish mahsulotlari,
ip gazlamalar;
kalish;
bolalar uchun mollar;
3-kategoriyadagi umumiy ovqatlanish korxonalarining mahsulotlari;
choy, tuz, gugurt;
mahalliy binokorlik materiallari;
sement;
pishiq gʻisht, xom gʻisht;
toshqol, keramzit va beton bloklar;
ohakli, sementli va murakkab qorishmalar;
gips, shagʻal, ohak, qum.
2. OʻzSSJ Savdo vazirligi, Oʻzbekbirlashuv, OʻzSSJ Moliya vazirligi, Oʻzbekiston SSJ Davlat banki ushbu qarorning bajarilishini taʼminlasinlar.
Oʻzbekiston SSJ vitse-Prezidenti Sh. MIRSAIDOV
Toshkent sh.,
1991-yil 28-mart,
72-son
