Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 19-fevraldagi 83-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (286-son)
04.07.2001
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bank tizimini isloh qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 24-martdagi 104-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M.Mullajonov Oʻzbekiston Respublikasi Xalq banki Kengashining raisi etib tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 4-iyul,
286-son
