Oʻzbekiston Respublikasi banklaridagi depozitlar toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (534-1-son)
03.11.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 3-noyabrda 534-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 43-son, 451-modda) qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1.Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1997-yil 15-martda 319-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi banklaridagi depozitlar toʻgʻrisida nizomga (roʻyxat raqami 534, 1998-yil 16-noyabr) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2009-yil 17-oktabr,
29/6-son
