Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Ummon Sultonligiga Davlat tashrifi chogʻida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish va ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-1202-son)
09.10.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 4-5-oktabr kunlari Ummon Sultonligiga davlat tashrifi davomida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi bilan Ummon Sultonligi oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha ikki tomonlama hukumatlararo va idoralararo bitimlarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Oʻmon Sultonligiga (2009-yil 4-5-oktabr) davlat tashrifi davomida imzolangan bitimlar va erishilgan ahdlashuvlarni amalga oshirish hamda ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Mazkur qarorga ilovada koʻrsatilgan vazirlik va idoralar, masʼul ijrochilar hukumatlararo bitimlarning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari, Ummon Sultonligi bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha tasdiqlangan tadbirlar ijrosini belgilangan tartibda taʼminlasin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi davlat tashrifi davomida imzolangan hujjatlar va bitimlarning bajarilishi, ushbu qaror bilan tasdiqlangan Tadbirlar dasturida nazarda tutilgan aniq tadbirlarning oʻz vaqtida ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsinlar.
Ushbu qaror bilan tasdiqlangan Chora-tadbirlar dasturining amalga oshirilishi toʻgʻrisida har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga axborot kiritib borsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri V.I. Norov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 9-oktabr,
PQ-1202-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil oktabrdagi PQ-1202-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oʻmon Sultonligiga davlat tashrifi (2009-yil 4-5-oktabr) davomida imzolangan bitimlar va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish hamda ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha
TADBIRLAR DASTURI
