“Qishloq joylarda “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining axborot-kommunikatsiya tuzilmasini rivojlantirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-1200-son)
07.10.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) Hukumati tomonidan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo mamlakatlarga beriladigan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladigan “Qishloq joylarda “Oʻzbektelekom” AK axborot-kommunikatsiya tuzilmasini rivojlantirish” investitsiya loyihasini oʻz vaqtida amalga oshirish maqsadida:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, “Oʻzbektelekom” AK bilan “Nuawei Technologies Co., Ltd” va “ZTE Corporation” Xitoy kompaniyalari oʻrtasida telekommunikatsiya uskunalarini yetkazib berish boʻyicha umumiy summasi 11 287,25 ming AQSH dollari miqdorida shartnomalar tuzilgan.
2. Belgilansinki, mazkur shartnomalarni moliyalashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
shartnomalar qiymatining 5 foizi “Oʻzbektelekom” AKning oʻz mablagʻlari hisobidan;
shartnomalar qiymatining 95 foizi XXR Eksimbanki tomonidan 5 yillik imtiyozli davr bilan 20 yil muddatga beriladigan qarz mablagʻlarini qayta moliyalashtirish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki krediti hisobidan.
3. Belgilansinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi kredit mablagʻlaridan maqsadli foydalanish va mazkur loyihani samarali amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi organ hisoblanadi;
asosiy qarzni uzish, kreditga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq foizlar, komissiyalar va boshqa xarajatlarni toʻlash “Oʻzbektelekom” AK mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
4. Quyidagilar:
“Qishloq joylarda “Oʻzbektelekom” AK axborot-kommunikatsiya tuzilmasini rivojlantirish” loyihasining TIAsi asosiy parametrlari bilan birga 1-ilovaga muvofiq;
XXR Eksimbankining qarz mablagʻlarini qayta moliyalashtirish orqali taqdim etiladigan, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki krediti boʻyicha asosiy qarzini soʻndirish, foiz va komissiyalarni toʻlash jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki loyihani moliyalashtirish uchun:
XXR Eksimbanki bilan yakka tartibdagi qarz bitimlarini;
“Oʻzbektelekom” AK bilan XXR Eksimbanki qarz mablagʻlarini qayta moliyalashtirish boʻyicha kredit shartnomasini tuzsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining XXR Eksimbanki oldidagi toʻlov majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi nomidan belgilangan tartibda kafolat berish vakolati taqdim etilsin.
Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining kafolatlari boʻyicha qarz bitimlarida nazarda tutilgan shaklda, belgilangan tartibda yuridik xulosalar bersin.
7. Mazkur loyihani amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha, XXR Eksimbanki mablagʻlari hisobiga import qilinadigan uskunalar, materiallar va ehtiyot qismlar bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi buyurtmanomalariga koʻra, mazkur loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarning kirish vizalari konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan berilishini taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi buyurtmanomalariga koʻra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan koʻp martali vizalar berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyi boʻyicha vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishi va muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 7-oktabr,
PQ-1200-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 7-oktabrdagi PQ-1200-son qaroriga 1-ILOVA
“Qishloq joylarda “Oʻzbektelekom” AK axborot-kommunikatsiya tuzilmasini rivojlantirish” loyihasi TIA
ASOSIY TEXNIK-IQTISODIY PARAMETRLARI
T/r Koʻrsatkich nomi Oʻlchov birligi Jami Shu jumladan: XXR Eksimbank krediti “Oʻzbektelekom” AKning oʻz mablagʻlari 1. Loyihaning umumiy qiymati: ming AQSH dollari 11 453,56 10 722,89 730,67 2. Kapital qoʻyilmalar miqdori, jami ming AQSH dollari 11 453,56 10 722,89 730,67 shu jumladan: mashina va uskunalar EKVda ming AQSH dollari 11 287,25 10 722,89 564,36 milliy valyutada ming AQSH dollari ekv. Qurilish-montaj ishlari ming AQSH dollari ekv Investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar ming AQSH dollari ekv 144,31 144,31 Dastlabki aylanma kapital: EKVda ming AQSH dollari Milliy valyutada ming AQSH dollari ekv Boshqa xarajatlar: EKVda ming AQSH dollari milliy valyutada ming AQSH dollari ekv 21,99 21.99 3. Mavjud fondlar qiymati ming AQSH dollari 4. Loyiha quvvati 40 BTS (IX + EVDO), 60 BTS3606 (tX)) oʻrnatish, bu qamrov hududini bittaga oshirishni taʼminlaydi; EV-DO (3,5G) yangi texnologiyalarini joriy qilish uchun CDMA-450 simsiz radio tarmoqlarining ishlab turgan 5 ta bazaviy stansiyalarini modernizatsiya qilish hamda maʼlumotlarni uzatish tarmogʻi va Internetdan foydalanish tezligini 2,4 Mbit/s gacha oshirish; Toshkent viloyati va Fargʻona viloyatida kommutatsiya markazlarini kengaytirish, shuningdek, SMS, VMS markazlarini kengaytirish, bu qamrab olish zonasini sezilarli darajada kengaytirish, taqdim etiladigan simsiz radiodan foydalanish xizmatlarining hajmi va sifatini oshirish imkonini beradi; qishloqlardagi maʼnan va jismonan eskirgan ATSK-100/2000 uskunalarini umumiy hajmi 25 344 porti boʻlgan MSAN raqamli kommutatsiya tizimlari bilan almashtirish; umumiy hajmi 1024 port dan iborat ADSL uskunasini yetkazish; 20800 ta xDSL port, 10000 ta DSL-modem, 20 ta toʻplamda IP-uskunasini yetkazish; 44 toʻplamda transport jihozlarini yetkazish; 9 500 dona abonent terminallarini yetkazish; 1x450MGs CDMA qayd qilish terminallariga 3000 dona antennalar yetkazish; Toshkent viloyatida Softsvitch uskunasi toʻplami va 1 ta media shlyuz toʻplamini oʻrnatish; CWDM uskunasini 25 ta toʻplamini yetkazish, 1P/MPLS texnologiyasi negizida tarmoq qurish; SDN 25 ta toʻplamini yetkazish. 5. Band boʻladiganlarning taxminiy soni Yangi ish oʻrinlarini yaratish nazarda tutilmagan 6. Loyihaning sarf-xarajatlari qoplanishining hisob-kitob muddati Qoplashning oddiy muddati — 5 yil va 9 oy, qoplashning diskont muddati — 7 yil 6 oy 7. Investitsiya davri davomiyligi 6 oy 8. Yaratiladigan ishlab chiqarish fondlarining qiymati 11 453,56 ming AQSH dollari 9. Kredit va boshqa qarz mablagʻlarini taqdim etish muddati 20 yil shu jumladan valyutada 20 yil
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 7-oktabrdagi PQ-1200-son qaroriga 2-ILOVA
XXR Eksimbank qarz mablagʻlarini qayta moliyalashtirish orqali taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kreditlarini soʻndirish
JADVALI
Kredit summasi 10 722 880 AQSH dollari Kredit muddati 20 yil Imtiyozli davr 5 yil Foiz stavkasi 2,5% yillik Shu jumladan TIF milliy bank marjasi 0,5% yillik Majburiyat uchun komissiya 0,3% kreditning olinmagan summasidan yillik foiz Tashkillashtirish uchun komissiya 0,3 % kredit summasidan bir martalik AQSH dollari Yillar Mablagʻlar olish* Qarz miqdori Asosiy qarzni uzish XXR Eksimbanki foizlari Milliy bank marjasi Komissiyalar** Jami toʻlovlar 2009 9 135 163 9 135 163 40 300 40 300 2010 1 587 725 10 722 888 209 498 52 374 1 191 263 063 2011 10 722 888 217 436 54 359 271 795 2012 10 722 888 218 032 54 508 272 540 2013 10 722 888 217 436 54 359 271 795 2014 10 365 459 357 430 217 436 54 359 629 225 2015 9 650 600 714 859 206 555 51 639 973 052 2016 8 935 740 714 859 192 595 48 149 955 603 2017 8 220 881 714 859 177 563 44 391 936813 2018 7 506 022 714 859 163 067 40 767 918 693 2019 6 791 163 714859 148 572 37 143 900 574 2020 6 076 303 714 859 134 453 33 613 882 926 2021 5 361 444 714 859 119580 29 895 864 334 2022 4 646 585 714 859 105 084 26 271 846 215 2023 3 931 726 714 859 90 589 22 647 828 095 2024 3 216 867 714 859 76 311 19 078 810 248 2025 2 502 007 714 859 61 597 15 399 791 856 2026 1 787 148 714 859 47 101 11 775 773 736 2027 1 072 289 714 859 32 606 8 151 755 616 2028 357 430 714 859 18 169 4 542 737 571 2029 0 357 430 3 614 904 361 947 Jami 10 722 888 10 722 888 2 657 295 664 324 41 491 14 085 998
* Kreditni olish va soʻndirish davri, shuningdek, komissiyalarni toʻlash dastlabki prognoz boʻlib, moliyalashtirish ochilishining haqiqiy sanasiga bogʻliq.
** Tashkillashtirish va majburiyat uchun komissiyalarni oʻz ichiga oladi.
