Avstriya Respublikasi bilan yaqin istiqboldagi hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (72-son)
18.04.2008
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasining Avstriyaga 2008-yil 12-martdagi tashrifi davomida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Avstriya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi oʻrtasida erishilgan ahdlashuvlarni toʻliq koʻlamda va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi bilan Avstriya Respublikasi oʻrtasida yaqin istiqboldagi hamkorlikni yanada rivojlantirish tadbirlari rejasi (keyingi oʻrinlarda Tadbirlar rejasi deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirliklar va idoralarning Tadbirlar rejasini bajarish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuklansin.
3. Vazirliklar va idoralar rahbarlari Tadbirlar rejasida nazarda tutilgan bandlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlasinlar, ularning amalga oshirilishi toʻgʻrisida har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 18-aprel,
72-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 18-apreldagi 72-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Avstriya Respublikasi oʻrtasida yaqin istiqboldagi hamkorlikni yanada rivojlantirish
tadbirlari rejasi
(ilovaning III boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-maydagi 98-sonli qarori tahririda)
