Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ustaviga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tijorat banklarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan uzoq muddatli kreditlari ulushini koʻpaytirishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 28-iyuldagi PQ-1166-son qarori) (285-son)
28.10.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tijorat banklarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan uzoq muddatli kreditlari ulushini koʻpaytirishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 28-iyuldagi PQ-1166-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 21-yanvardagi 45-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Ustavida:
a) 17-bandning oltinchi xatboshidagi “(obligatsiyalardan tashqari)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 18-bandda:
uchinchi xatboshidagi “veksellar” soʻzidan keyin “obligatsiyalar” soʻzi qoʻshilsin;
oʻn beshinchi xatboshidagi “(obligatsiyalardan tashqari)” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 28-oktabr,
285-son
