Qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida uy-joylar qurishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (280-son)
26.10.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi koʻlamini kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 3-avgustdagi PQ-1167-son qarorini bajarish yuzasidan, qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar asosida “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida uy-joylar qurishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlarining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 26-oktabr,
280-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-oktabrdagi 280-son qaroriga 1-ILOVA
“Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi, shuningdek “Biznesni rivojlantirish banki” aksiyadorlik tijorat banki, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki, aksiyadorlik-tijorat “Xalq banki”, “Asaka bank” aksiyadorlik-tijorat banki va “Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik-tijorat banki (keyingi oʻrinlarda bank deb ataladi) ishtirokida ajratilgan yer massivlarida tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha kompleks yakka tartibdagi uy-joy qurilishini tashkil etish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Agar qishloq joylarda yakka tartibda uy-joylar qurilishi uchun jalb etilgan xorijiy kreditlar va grantlar berilishi shartlarida ushbu Nizomda nazarda tutilganidan boshqa qoidalar belgilangan boʻlsa, u holda xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlarning tegishli amal qiluvchi hujjatlarida belgilangan qoidalar qoʻllaniladi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
yakka tartibdagi quruvchi — tasdiqlangan namunaviy loyihalarga muvofiq yakka tartibda uy-joy qurishga buyurtmani belgilangan tartibda rasmiylashtiradigan (rasmiylashtirgan) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
injiniring kompaniyasi — yakka tartibda uy-joy qurishda yakka tartibdagi quruvchi bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha buyurtmachi funksiyasini bajaradigan “Qishloq qurilish invest” masʼuliyati cheklangan jamiyat injiniring kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda injiniring kompaniyasi deb yuritiladi);
pudratchi — foydalanishga tayyor holda topshirish sharti bilan uy-joy qurishga buyurtmalarni joylashtirishga tanlov savdolari natijalari boʻyicha injiniring kompaniyasi bilan tuzilgan pudrat shartnomasi asosida yakka tartibda uy-joy quradigan pudrat qurilish tashkiloti;
yer massivi — tegishli aholi punkti uchun ishlab chiqilgan bosh reja asosida namunaviy uy-joylar hamda ijtimoiy, muhandislik va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari qurish uchun injiniring kompaniyasiga beriladigan yer uchastkalari;
maqsadli mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun imtiyozli asosda berilgan mablagʻlari, shu jumladan bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun ular tomonidan ajratilgan mablagʻlar shuningdek xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlarning mablagʻlari;
arzon uy-joy — 0,02 ga oʻlchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylar va toʻrt qavatli arzon koʻp kvartirali (2 va 3 xonali) uylar;
boshlangʻich badal — Qarz oluvchining arzon uy-joylar smeta qiymatining kamida 10 foizi miqdoridagi Qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilarning) oʻz mablagʻlari yoki yuridik shaxs — Qarz oluvchining ish beruvchisining yoki boshqa shaxslarning Qarz oluvchining nomiga bankda ochilgan omonat qoʻyilma hisob raqamiga oʻtkazilgan pul mablagʻlari shaklidagi mablagʻlar;
qonun asosidagi ipoteka — kredit shartnomasi boʻyicha qarz oluvchining majburiyatlarini taʼminlash uchun qoʻllaniladigan ipoteka turi boʻlib, bunda qonun asosidagi ipotekaning vujudga kelishiga olib keluvchi kredit shartnomasi qonun asosidagi ipotekaning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi uchun asos boʻladi.
3. Uy-joy yoki arzon uy-joy qurish pudratchi tomonidan yakka tartibda uy-joy yoki arzon uy-joy quruvchilarning buyurtmanomalariga muvofiq injiniring kompaniyasining buyurtmalari asosida amalga oshiriladi.
4. Yakka tartibda uy-joy qurishni moliyalashtirish bankning maqsadli mablagʻlari, injiniring kompaniyasining oʻz mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Tasdiqlangan namunaviy loyiha boʻyicha qurilayotgan uy-joy yoki arzon uy-joy qiymati bankning imtiyozli ipoteka kreditlari hisobiga yakka tartibdagi quruvchi tomonidan yakka tartibdagi quruvchining oʻz mablagʻlari, yakka tartibdagi quruvchining ish beruvchisi hisoblangan yuridik shaxslarning mablagʻlaridan va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan toʻlanadi.
II. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yakka tartibdagi quruvchilarga yer uchastkasi tanlash va ajratish tartibi
5. Injiniring kompaniyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda uy-joy bozorini marketing asosida oʻrganish va aholining buyurtmanomalari asosida har yili 1-aprelgacha mintaqalar boʻyicha keyingi yilga uy-joy va ijtimoiy infratuzilma obyektlari qurish dasturi boʻyicha takliflarni tayyorlaydi.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan har yili 1-maygacha boʻlgan muddatda injiniring kompaniyasining takliflari asosida va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda qishloq xoʻjaligi maqsadidagi yerlar toifasiga va oʻrmon fondiga kirmaydigan yer massivlarini tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy va ijtimoiy infratuzilma obyektlari qurish uchun tanlash amalga oshiriladi.
Bunda har yili prognozlashtirilayotgan yilning 1-fevraligacha namunaviy uy-joy qiymati qayta hisoblab chiqiladi va belgilangan tartibda davlat ekspertiza organlarida ekspertizadan oʻtkaziladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan tanlangan yer massivlari ularning muhandislik va transport kommunikatsiyalari bilan taʼminlanganligi, uy-joy yoki arzon uy-joy va ijtimoiy infratuzilma obyektlariga amalda talab mavjudligi yuzasidan kompleks ekspertizadan oʻtkaziladi.
Kompleks ekspertizaning ijobiy xulosasi olingach yer uchastkasini ijaraga olish huquqi belgilangan tartibda elektron onlayn-auksionga qoʻyiladi.
Injiniring kompaniyasi yer uchastkasini ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksion orqali sotib oladi.
Yer uchastkasini ijaraga olish huquqini sotib olish xarajatlari ushbu yer uchastkasida quriladigan uy-joy va arzon uy-joylarning narxiga ular egallaydigan maydonga mutanosib ravishda kiritiladi.
Bunda arzon uy-joylarning narxiga kiritilgan yer uchastkasini ijaraga olish huquqini sotib olish xarajatlari tegishli tuman mahalliy budjeti hisobidan qoplab beriladi.
8. Tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi yakka tartibdagi quruvchilar tomonidan sotib olinadigan uy-joyning yoki arzon uy-joyning namunaviy loyihalari uchun belgilangan maydondan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan hamda oʻrmon fondi yerlari toifasiga kirmaydigan yerdan kimoshdi savdolari va elektron onlayn-auksion oʻtkazilmasdan, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga mulk huquqi bilan beriladi.
Yakka tartibdagi quruvchiga yer uchastkasini mulk huquqi bilan berish uchun Yakka tartibdagi quruvchi bilan injiniring kompaniyasi filiali oʻrtasida tayyor holda topshirish sharti bilan uy-joy yoki arzon uy-joy qurishga injiniring kompaniyasi tomonidan buyurtmachi funksiyalari amalga oshirilishiga shartnoma asos boʻladi. Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ ushbu shartnoma asosida yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini roʻyxatdan oʻtkazadi.
Bunda ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan shartnomaning bekor qilinishi namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun berilgan yer uchastkasi mulk huquqining ham bekor qilinishiga olib keladi. Koʻrsatib oʻtilgan shart Yakka tartibdagi quruvchi bilan injiniring kompaniyasi filiali oʻrtasida tuzilgan shartnomada qayd etilishi kerak.
9. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun injiniring kompaniyasi tomonidan tanlangan yer massivlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar har yili 1-iyungacha mahalliy ommaviy axborot vositalari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari orqali mahalliy aholi, tadbirkorlar hamda manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar eʼtiboriga yetkaziladi.
III. Shartnoma tuzish tartibi va shartlari
10. Injiniring kompaniyasi foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari bilan tasdiqlangan namunaviy loyiha boʻyicha uy-joy yoki arzon uy-joy qurish boʻyicha ishlarning butun kompleksini tashkil etadi.
11. Yakka tartibda uy-joy yoki arzon uy-joy qurishni tashkil etish uchun yakka tartibdagi quruvchi yashash joyi boʻyicha injiniring kompaniyasining tegishli mintaqaviy filialiga buyurtmanoma bilan murojaat qiladi.
Yakka tartibdagi quruvchi oʻz buyurtmanomasida oʻzi tanlagan aniq yer uchastkasini va namunaviy loyihani, shuningdek quriladigan uy-joy yoki arzon uy-joy qiymatini (ipoteka kreditlari, oʻz mablagʻlari yoki qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa manbalar hisobiga) toʻlash usulini koʻrsatadi.
Yakka tartibdagi quruvchi xohishiga koʻra injiniring kompaniyasining filiali tomonidan tanlangan namunaviy loyihaning nusxasi bilan taʼminlanadi.
12. Injiniring kompaniyasining filiali bir ish kuni mobaynida yakka tartibdagi quruvchining buyurtmanomasini koʻrib chiqadi va u maʼqullangan taqdirda uch kun muddatda yakka tartibdagi quruvchini yozma ravishda xabardor qiladi hamda uni foydalanishga tayyor holda topshirish sharti bilan uy-joy yoki arzon uy-joy qurishga injiniring kompaniyasi tomonidan buyurtmachi funksiyasi amalga oshirilishi uchun shartnoma tuzishga taklif qiladi.
Bunda qurilayotgan uy-joy yoki arzon uy-joy qiymatini ipoteka krediti hisobiga toʻlaydigan yakka tartibdagi quruvchi bilan dastlabki shartnoma tuziladi (namunaviy shakli ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq).
13. Injiniring kompaniyasining filiali bilan qurilayotgan uy-joy yoki arzon uy-joy qiymatini ipoteka krediti hisobiga toʻlash sharti bilan dastlabki shartnomani tuzgan yakka tartibdagi quruvchi bankning filialiga ariza bilan murojaat qiladi.
Ipoteka krediti berilishi yuzasidan qaror qabul qilingandan keyin bankning filiali oʻsha kunning oʻzida injiniring kompaniyasining filialiga tegishli badalni kiritgan yakka tartibdagi quruvchilar roʻyxatini ilova qilgan holda boshlangʻich badal toʻlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
Ushbu maʼlumotlar injiniring kompaniyasi filiali uchun yakka tartibdagi quruvchi bilan asosiy shartnomani tuzish uchun asos hisoblanadi (namunaviy shakli ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq).
14. Qurilayotgan uy-joy yoki arzon uy-joy qiymatini oʻz mablagʻlari hisobidan yoki qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa manbalar hisobiga toʻlaydigan yakka tartibdagi quruvchi boshlangʻich badalni toʻlash uchun bankda omonat qoʻyilma hisob raqami ochadi.
Qurilayotgan uy-joy yoki arzon uy-joy qiymatining qolgan qismi yakka tartibdagi quruvchi bilan injiniring kompaniyasi oʻrtasida shartnoma tuzilgandan keyin, ushbu Shartnomada nazarda tutilgan tartibda toʻlanadi.
IV. Injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurish uchun ipoteka krediti berish
15. Injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibdagi uy-joy quruvchilar uchun imtiyozli ipoteka krediti berish Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 25-maydagi 148-son qarori bilan tasdiqlangan Yakka tartibdagi hamda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yangi tipdagi arzon uy-joylar qurilishida qatnashuvchi tijorat banklari — “Biznesni rivojlantirish banki” ATB, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Ipoteka bank” ATIB, AT “Xalq banki”, “Asaka bank” ATB va “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tomonidan imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-fevraldagi 103-son qarori bilan tasdiqlangan Ariza beruvchi — uy quruvchining 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish Dasturida ishtirok etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda nazarda tutilgan tartibda, ushbu Nizomda belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
16. Ipoteka krediti olish uchun yakka tartibdagi quruvchi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 25-maydagi 148-son qarori bilan tasdiqlangan qatnashuvchi tijorat banklari — “Biznesni rivojlantirish banki” ATB, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Ipoteka bank” ATIB, AT “Xalq banki”, “Asaka bank” ATB va “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tomonidan imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 18-bandi 1—4-kichik bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar, shuningdek boshlangʻich badal omonat qoʻyilma hisob raqamiga toʻlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma va injiniring kompaniyasining filiali bilan tuzilgan dastlabki shartnoma nusxasi taqdim etiladi.
Arzon uy-joy qurish uchun yakka tartibdagi quruvchi tomonidan ipoteka krediti olish uchun Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-fevraldagi 103-son qarori bilan tasdiqlangan Ariza beruvchi — uy quruvchining 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 25-bandida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etiladi.
17. Kredit komissiyasi (kredit qoʻmitasi) tomonidan ipoteka krediti ajratish toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qilinganidan keyin kredit shartnomasi (namunaviy shakli ushbu Nizomga 3 va 3a-ilovalarga muvofiq) rasmiylashtiriladi.
18. Yer uchastkasi bilan birgalikda qurilayotgan uy-joyning yoki arzon uy-joyning ipotekasi ipoteka kreditini qaytarish boʻyicha qarz oluvchining majburiyatlari taʼminlanishi hisoblanadi.
Bankning kredit komissiyasi (qoʻmitasi) qarori asosida qarz oluvchining mulkida va/yoki yuridik va jismoniy shaxslarning kafilligida boʻlgan boshqa koʻchmas mulk ham ipoteka kreditini qoʻshimcha taʼminlash sifatida qabul qilinishi mumkin.
Agar bank bilan qarz oluvchi oʻrtasida boshqa kelishuv boʻlmasa, yer uchastkasi bilan birga barpo etilayotgan uy-joy yoki arzon uy-joyga ipoteka qonun asosida vujudga keladi.
181. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni baholash qarz oluvchi bilan bank oʻrtasidagi bitim boʻyicha amalga oshiriladi hamda garovga qoʻyilgan koʻchmas mulk qiymatini kelishish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
182. Qarz oluvchi kredit shartnomasi tuzilgandan keyin kredit shartnomasi amal qilish muddatida sugʻurta tashkiloti bilan ipoteka predmetining yoʻqotilishi va shikastlanishi xavflaridan sugʻurta shartnomasi tuzishi shart.
183. Kredit shartnomasida nazarda tutilgan hollarda kredit shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinganda qurilayotgan (qurilgan) uy-joy yoki arzon uy-joy navbatdagi Yakka tartibdagi quruvchiga sotiladi.
Kredit shartnomasi kredit shartnomasida nazarda tutilgan holatlarda muddatidan oldin bekor qilinganda qurilayotgan (qurilgan) uy-joy yoki arzon uy-joy boshqa yakka tartibdagi quruvchiga qonunchilikda belgilangan tartibda sotiladi.
V. Qurishni tashkil etish tartibi
19. Tanlov savdolari shartlariga va tuzilgan pudrat shartnomasiga muvofiq ishlarning butun kompleksini bajarishni taʼminlashga qodir boʻlgan yuridik shaxslar uy-joy yoki arzon uy-joyni qurishga shartnoma boʻyicha pudratchilar boʻlishi mumkin.
20. Tanlov savdolarini tashkil etish va oʻtkazish qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
28. Yakka tartibdagi quruvchi pudrat shartnomasiga muvofiq qurilishning butun davri mobaynida qurilish jarayoniga xalaqit bermagan holda qurilishning borishini kuzatib borish hamda zaruriyat boʻlganda namunaviy loyiha doirasida yozma shaklda takliflar kiritish va injiniring kompaniyasi va pudratchiga eʼtirozlar bildirish huquqiga egadir.
VI. Oʻzaro hisob-kitoblar tartibi
29. Bank injiniring kompaniyasining aylanma mablagʻlarini toʻldirish maqsadida bank bilan injiniring kompaniyasi oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida injiniring kompaniyasining moliyalashtirish depozit hisobvaragʻiga bankning mablagʻlarini oʻtkazadi.
Qurilishi tugallanmagan obyekt boʻyicha tanlov savdolari gʻolibi bilan tuzilgan shartnomani moliyalashtirish uchun mablagʻlar yetarli boʻlmagan taqdirda, injiniring kompaniyasi oʻz mablagʻlari hisobiga, oʻz mablagʻlari yetarli boʻlmagan taqdirda esa, alohida shartnoma asosida bankning mablagʻlarini jalb etish hisobiga moliyalashtirishga haqlidir.
30. Uy-joy yoki arzon uy-joy qurishni moliyalashtirish injiniring kompaniyasining mablagʻlari depozit hisobraqamidan pudratchining depozit hisobraqamiga oʻtkaziladigan injiniring kompaniyasining avansi (obyekt qiymatining kamida 15 foizi) hisobiga amalga oshiriladi, bunda bajarilgan ishlar hajmining 95 foizgachasi berilgan avans mutanosib ravishda ushlab qolingan holda har oyda joriy moliyalashtiriladi hamda obyekt qiymatining 5 foiz miqdoridagi qolgan qismi injiniring kompaniyasining filiali tomonidan tasdiqlangan taqdirda, kafolat muddati tamom boʻlgandan keyin toʻlanadi.
Uy-joylar yoki arzon uy-joylarni qurishni har oyda joriy moliyalashtirish amalda bajarilgan qurilish-montaj ishlariga haq toʻlagan holda amalga oshiriladi.
31. Yakka tartibdagi quruvchilarning buyurtmanomalari boʻyicha qurilgan uy-joylar yoki arzon uy-joylar bankning berilgan imtiyozli ipoteka kreditlari va boshqa mablagʻlar, shuningdek yakka tartibdagi quruvchining mablagʻlari hisobga olingan holda injiniring kompaniyasi bilan uzil-kesil hisob-kitob qilingandan keyin unga mulk qilib beriladi.
Bunda dastlabki badal mablagʻlarini, ipoteka krediti mablagʻlarini, shuningdek qurilayotgan uy-joy yoki arzon uy-joy qiymatining qolgan qismiga teng miqdorda omonat qoʻyilma hisobraqamida toʻplangan mablagʻlarni injiniring kompaniyasining depozit hisobraqamiga oʻtkazish bank filiali tomonidan yakka tartibdagi quruvchi bilan injiniring kompaniyasi filiali oʻrtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan tartibda qarz oluvchining yozma topshirigʻi asosida amalga oshiriladi.
Yuridik shaxslar tomonidan oʻz xodimlari uchun uy-joy yoki arzon uy-joy qurilayotgan uy-joy yoki arzon uy-joy qiymatiga haq toʻlash uchun oʻtkazilgan mablagʻlar ham injiniring kompaniyasining depozit hisobraqamiga yoʻnaltiriladi.
Yakka tartibdagi quruvchi tomonidan qurilayotgan uy-joy yoki arzon uy-joy qiymatiga oʻz mablagʻlari yoki qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga haq toʻlangan taqdirda, injiniring kompaniyasi tomonidan tuman hokimining turar joyni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorining nusxasi taqdim etilgandan keyin yakka tartibdagi quruvchi omonat qoʻyilma hisobraqamida toʻplangan qurilayotgan uy-joyning yoki arzon uy-joyning qiymatiga teng miqdordagi mablagʻni yakka tartibdagi quruvchi bilan injiniring kompaniyasi filiali oʻrtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan tartibda injiniring kompaniyasining depozit hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
VII. Qurilishi tugallangan uy-joylarni foydalanishga qabul qilish
33. Qurilgan uy-joylar yoki arzon uy-joylar nazarda tutilgan barcha qurilish-montaj ishlari hajmi bajarilgandan va ajratilgan yer uchastkasi obodonlashtirilgandan keyin SHNK 3.01.04-04 “Qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish” asosida tashkil etilgan qabul qilish komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilinadi.
Bunda injiniring kompaniyasining filiali qabul qilish komissiyasiga uy-joyni yoki arzon uy-joyni foydalanish uchun qabul qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qiladi.
Qabul qilish komissiyasi ishiga kommunal xizmatlar koʻrsatadigan tuman xizmatlari vakillari va yakka tartibdagi quruvchi taklif etilishi kerak.
34. Qabul qilish komissiyasi tomonidan qabul qilish toʻgʻrisidagi dalolatnoma rasmiylashtiriladi va u tegishli tuman (shahar) hokimining qarori bilan tasdiqlanadi.
Qabul qilish dalolatnomasi va hokimning tegishli qarori asosida injiniring kompaniyasi filiali bilan pudratchi oʻrtasida qurilishi tugallangan uy-joyni yoki arzon uy-joyni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi tuziladi.
35. Pudratchi tomonidan qurilgan uy-joy yoki arzon uy-joy injiniring kompaniyasining filiali tomonidan yakka tartibdagi quruvchiga topshirish-qabul qilish dalolatnomasi boʻyicha beriladi.
36. Uy-joy yoki arzon uy-joy qabul qilish-topshirish dalolatnomasi boʻyicha injiniring kompaniyasi tomonidan yakka tartibdagi quruvchiga berilgandan keyin yakka tartibdagi quruvchi qurilgan uy-joyga yoki arzon uy-joyga mulk huquqini Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi organlarida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini bir oy muddatda taʼminlashi, shundan keyin bankka uy-joyga yoki arzon uy-joyga mulk huquqi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi hujjatning nusxasini va qonun asosidagi ipoteka davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi shtamp qoʻyilgan kredit shartnomasini taqdim etishi shart.
Ipoteka qonun asosida elektron shaklda roʻyxatga olinishi mumkin.
Ipoteka qonun asosida elektron shaklda davlat roʻyxatidan oʻtkazilib, uy-joy yoki arzon uy-joy qabul qilish-topshirish dalolatnomasi boʻyicha injiniring kompaniyasi tomonidan yakka tartibdagi quruvchiga berilgandan keyin, mulk huquqini Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi organlarida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlash uchun bank filiali imzolangan kredit shartnomasi va topshirish-qabul qilish dalolatnomasining elektron nusxasini axborot tizimi orqali bir oy muddatda yuborishi shart.
Oʻzbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi organi qurilgan uy-joy yoki arzon uy-joy va qonun asosidagi ipotekaning qonunchilikda belgilangan muddatlarda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlashi, keyin esa qonun asosidagi ipoteka davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi belgi qoʻyilgan kredit shartnomasining elektron nusxasini bankka yuborishi kerak.
Qurilgan uy-joy yoki arzon uy-joy hamda qonun asosidagi ipoteka davlat roʻyxatiga olingandan keyin bir hafta muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi organi yakka tartibdagi quruvchiga tegishli xabarnoma yuborishi shart.
361. Tomonlar oʻrtasida uy-joy yoki arzon uy-joy qurilishi toʻgʻrisida shartnoma tuzilganda, uy-joy yoki arzon uy-joy injiniring kompaniyasi tomonidan yakka tartibdagi quruvchiga topshirish-qabul qilish dalolatnomasi bilan topshirilganidan keyin yakka tartibdagi quruvchi qurib topshirilgan uy-joy yoki arzon uy-joyning Oʻzbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi organida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlab, uy-joy yoki arzon uy-joyga mulk huquqi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi hujjatning nusxasini bir oy muddatda bankka taqdim etishi shart.
VIII. Yakka tartibda uy-joy qurilishining ijtimoiy, muhandislik va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini qurishni tashkil etish va moliyalashtirish
37. Yer massivi hududida ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari qurishni moliyalashtirish investorlarning mablagʻlari va tijorat banklarining kreditlari hisobiga amalga oshiriladi.
Yer mavzesi hududiga xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan suv taʼminoti obyektlari qurishni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobiga amalga oshiriladi;
Yer massivi hududiga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan ijtimoiy va tashqi muhandislik infratuzilmasi obyektlari qurishni moliyalashtirish va ulardan foydalanish Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari va homiylar hisobiga amalga oshiriladi.
Bunda injiniring kompaniyasi va uning mintaqaviy filiallari shartnoma asosida suv taʼminoti obyektlari va avtomobil (kirish) yoʻllarining buyurtmachisi boʻladi.
38. Injiniring kompaniyasi kelgusi yilda Investitsiya dasturini shakllantirishda tegishli yilning may-iyun oylarida tegishli viloyat va tuman hokimliklarining moliya boshqarmalari va boʻlimlariga ijtimoiy va tashqi muhandislik infratuzilmasining oldingi yildan oʻtadigan va yangidan boshlanadigan obyektlarini qurishni moliyalashtirishning zarur hajmlari yuzasidan belgilangan tartibda takliflar kiritadi.
39. Qurilgan ijtimoiy va tashqi muhandislik infratuzilmasi obyektlarini foydalanuvchi tashkilotlarga berish tuman (shahar) hokimining qarori asosida, belgilangan tartibda buyurtmachi va foydalanuvchi tashkilot tomonidan rasmiylashtirilgan topshirish-qabul qilish dalolatnomasi boʻyicha amalga oshiriladi.
Qurilgan ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini investorlarga berish belgilangan tartibda qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi.
Topshirish-qabul qilish dalolatnomalarida foydalanishga berilayotgan obyektning asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari, shu jumladan haqiqiy qiymati, loyihalashtiruvchi va pudratchining nomi va manzili aks ettiriladi. Dalolatnomaga ijro va loyiha hujjatlarining bir nusxasi ilova qilinadi.
IX. Yakka tartibda uy-joy qurishning sifati uchun javobgarlik
40. Yakka tartibda uy-joy yoki arzon uy-joyni qurish loyihasining sifati uchun javobgarlik namunaviy loyihani toʻgʻrilagan loyiha tashkilotiga yuklanadi.
41. Yakka tartibda uy-joy yoki arzon uy-joyni qurishni taʼminlash uchun javobgarlik ushbu Nizomga muvofiq injiniring kompaniyasiga, kreditlash qismi boʻyicha esa — bankka yuklanadi.
42. Bank uy-joy yoki arzon uy-joyni oʻz vaqtida foydalanishga topshirilmaganligi, narxning oʻzgarishi, qurilish ishlari va koʻrsatiladigan kommunal xizmatlar sifati uchun javob bermaydi. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan munosabatlar tufayli yuzaga keladigan nizolar va mojaroli vaziyatlar qonunchilikda belgilangan tartibda injiniring kompaniyasi, yakka tartibdagi quruvchi, pudratchi va boshqa tashkilotlar oʻrtasida hal qilinadi.
43. Pudratchi shartnomada belgilangan kafolatli davrda loyihada nazarda tutilgan parametrlarga rioya qilinishi yuzasidan injiniring kompaniyasiga javob beradi.
X. Yakunlovchi qoida
44. Zaruriyat boʻlganda ushbu Nizomda keltirilgan namunaviy shartnomalar shartlari tegishli ravishda bank yoki injiniring kompaniyasi tomonidan qayta qoʻrib chiqilishi mumkin.
“Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
“Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
“Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
“Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 3a-ILOVA
(3a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-oktabrdagi 280-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
3. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 25-maydagi 148-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 5-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan Tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 2-bandning yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“birgalikda qarz oluvchilar — qarz oluvchining ipoteka krediti va kredit boʻyicha foizlarning har oydagi toʻlovlarida qatnashadigan, shuningdek ipoteka krediti yuzasidan birgalikda javob beradigan eri (xotini) hamda uning yaqin qarindoshlari (ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, farzandlari)”;
b) 4-banddagi “boshqa oila aʼzosi” soʻzlari “yaqin qarindoshlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilova 2.1-bandining beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“birgalikda qarz oluvchilar — qarz oluvchining ipoteka krediti va kredit boʻyicha foizlarning har oydagi toʻlovlarida qatnashadigan, shuningdek ipoteka krediti yuzasidan birgalikda javob beradigan eri (xotini) hamda uning yaqin qarindoshlari (ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, farzandlari)”;
