Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) kotibiyati faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2008-yil 30-sentabrdagi 875-I/554-i-son qoʻshma qarori) (283-son)
27.10.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 27-oktabr,
283-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 27-oktabrdagi 283-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimchalar
2. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 3-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Xodimlarning davlat yoki jamoat vazifalarini bajarishlari, shuningdek, ularning jamiyat manfaatlariga doir harakatlarni amalga oshirishlari bilan bogʻliq kafolatli toʻlovlarni berish tartibining 1-bandiga:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) huzuridagi Konstitutsiyaviy huquqlarga va inson erkinligiga rioya qilish komissiyasi faoliyatida qatnashish”;
toʻrtinchi — yettinchi xatboshi tegishli ravishda beshinchi — sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 27-yanvardagi 24-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan Xizmat turarjoylari olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar roʻyxatida:
a) 20-bandga “Senati” soʻzidan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Kotibiyatining” soʻzlari qoʻshilsin;
b) 21-bandga “senatorlar” soʻzidan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va uning oʻrinbosari” soʻzlari qoʻshilsin.
