8-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlari
Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida (O‘RQ-229-son) · Sana: 13.10.2009 · Amalda
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida amalga oshirilgan ishlari toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitadi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻz hududlari doirasida:
arxeologiya merosi obyektlari lozim darajada muhofaza qilinishi va saqlanishi uchun shart-sharoitlarni taʼminlaydi;
arxeologiya merosi obyektlarining but saqlanishi holati ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
ochiq varaq va ruxsatnoma olgan arxeologga arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini tashkil etishda yordam beradi;
yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya, xoʻjalik, yoʻlsozlik ishlari va boshqa ishlar uchun yer uchastkalari ajratilishini loyihalashtirishda arxeologiya obyektlarini saqlash talablariga rioya qilinishini qonunchilikka muvofiq taʼminlaydi;
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolarni arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish, saqlash hamda targʻib qilishga doir tadbirlar oʻtkazishga ixtiyoriy asosda jalb etadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
